Futbolda taym-aut olib bo'lmaydi? Uddaburon inglizlar muammoning o'ziga xos echimini topishdi
29 okt 16:50
Yangiliklar
Futbolda taym-aut olib bo'lmaydi? Uddaburon inglizlar muammoning o'ziga xos echimini topishdi
Deyarli har yili futbol qoidalariga o'zgartirish/to'ldirish kiritib boriladi. Bir qarashda shuncha ligalar va musobaqalar borki – yuz berishi mumkin bo'lgan barcha kutilmagan holatlar ortda qolib bo'lgandek. Keyin esa Xulian Alvaresning penalti tepayotganda ikki (oyog'i bilan ketma-ket) bor to'pga tegishi tufayli "Atletiko" Chempionlar Ligasidan chiqib ketadi. Yozda ushbu qoidaga o'zgartirish kiritildi. Qandaydir bo'shliqlar, kamchiliklar bo'lgan va bundan keyin ham topiladi, ishonavering. Murabbiylar natija yo'lida vaqti-vaqti bilan mana shunday "imkoniyatlarni" qidirib topishadi.
Chempionshipda dam olish kunlari qiziq bir voqea yuz berdi. Aslida etiborga loyiq bo'lsada, "Charlton" murabbiyining ayyorligi alohida etirofga loyiqdek, nazarimizda. U futbolda taym-aut olishni uddaladi. Eslatib o'tamiz, qoidalarga binoan buning iloji yo'q. Sportning boshqa turlarini ham tomosha qiladigan muxlislar yaxshi bilishadiki, taym-aut – bu o'yin davomida jamoalardan birining talabiga ko'ra qisqa tanaffus. Shuningdek, barchamizga malumki murabbiylar bu imkoniyatdan o'ta muhim pallada foydalanishadi va shogirdlariga tezkorlik bilan muhim ko'rsatmalarni etkazishadi. Taym-autlar ko'plab sport turlarida mavjud, misol uchun: basketbol va xokkeyda, ammo futbolda hozircha bunday imkoniyat yo'q.
"Charlton" o'z maydonida "Sheffild Uensdey"ni qabul qildi. Mezbonlar birinchi bo'limda ikkita gol urib olishdi, lekin 69-daqiqa mehmonlar bitta javob golini urishga muvaffaq bo'ladi. Goldan ruhlangan "Sheffild Uensdey" futbolchilari yana bir nechta xavfli hujumlar uyushtirishadi. Hisob 2:1 va o'yin yakunlanishiga 15 daqiqa qolgan bir pallada "Charlton" darvozaboni Tomas Kaminski maydonga "quladi" va tibbiy yordamga muhtoj ekanligini malum qildi.

Shifokorlar golkiper oyoqlarini ko'zdan kechirarkan (o'z navbatida kiper, og'zini ehtimoliy kameralardan berkitgan holda nimalardir deyishga ulguradi), "Charlton"ning qolgan futbolchilari zaxira o'rindig'i oldida jam bo'lib, murabbiy ko'rsatmalarini tinglashardi. Aniqrog'i bir yo'la uch nafar murabbiy ko'rsatmalarini. Maydon markazida futbolchilaridan faqat bittasi qoldi. To'xtalish esa taxminan 2 daqiqa davom etdi.
Yana o'sha Angliya tomonlarda APL doirasida bahsda "Chelsi" murabbiyi shogirdlariga kerakli malumotni boshqacharoq, nisbatan soddaroq usulda etkazishga qaror qildi. Zaxiradan maydonga tushirilgan Estevao Villian murabbiy "xatini" Ris Jeymsga etkazdi, sardor esa uni jamoadoshlariga ko'rsatdi. "Charlton" bosh murabbiyi o'yin vaqtida birdaniga deyarli barcha futbolchilariga kerakli ko'rsatmalarni etkazishning o'zgacha usulini topdi.


"Charlton" darvozaboni, albatta, o'yinni oxirigacha davom ettira oldi hamda uchrashuvdan keyin ham Kaminski jarohati haqida xabar tarqalgani yo'q. Qoidalarga binoan, maydondagi futbolchilardan biriga tibbiy yordam ko'rsatish uchun o'yin to'xtatilgan taqdirda, brigada uni darhol maydon tashqarisiga olib chiqadi va uning jamoasi malum vaqt kamchilikda harakat qilishga majbur bo'lib qoladi. Ammo gap darvozabon haqida ketsa, vaziyat o'zgaradi. Barcha sabr bilan golkiperning o'rnidan turishini kutadi. Odatda ko'plab jamoalar qulay hisobni saqlab qolish uchun bu usuldan foydalanishadi. "Charlton" murabbiyi Natan Jons bu usulni mukammallashtirib, amalda futbol o'yinida taym-aut olishga muvaffaq bo'ldi. Natijada, uning jamoasi g'alabani saqlab qola oldi.
Bu vaziyatda hakamlar nima qilishi mumkin edi? Deyarli hech nima. To'rtinchi hakam shunchaki "Charlton" murabbiylari futbolchilar bilan suhbatlashayotganini eshitib turdi. Axir futbolda murabbiylar shtabi vakillari va o'yinchilar o'yindagi to'xtalishlarda o'zaro muloqotga kirishishini taqiqlovchi qonun yo'q. Shunday bo'lsada, hakamlar bir ish qilishlari mumkin, hattoki shart ham edi. Birinchidan, bir vaqtning o'zida bevosita maydon chetida faqatgina bir murabbiy turishi mumkin, bizning vaziyatda esa ular kamida 3 nafar edi. Ikkinchidan, maydonga tushib keta qolgan bosh murabbiyga sariq kartochka ko'rsatilishi kerak edi.
Turli fikrlarga qaramay, foydalansa bo'ladigan, ish beradigan usul. Agar tomog'ini ho'llab olish uchun maydon chetiga kelgan o'yinchilarga faqat bir murabbiy belgilangan texnik zonasidan turib, ko'rsatmalar bersa, amaldagi qoidalarga ko'ra, hakamlar hech qanday to'sqinlik qila olmaydi. Shu o'rinda eslatib o'tamiz, texnik zona va maydon o'rtasidagi masofa – juda borsa 1 - 1.5 metr. Yani murabbiyning futbolchilar bilan muloqoti uchun ancha qulay sharoit.
Qiziq, qoidalardagi bu bo'shliq kelasi yozgacha bartaraf etilarmikin? Boshqa tomondan – JCH-2026 vaqtida – biz o'yin vaqtidagi to'xtalishlarning futbolga tasirini ko'p bor eslasak ajab emas. AQSHda 2025 yil o'tgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatida — chaqmoq tufayli o'yin to'xtatildi va keyinchalik bu o'yin suratiga, natijaga o'z tasirini ko'rsatdi. "Al Ahli" ustozi Xose Riveyro, misol uchun, ikkinchi bo'limdagi 40 daqiqalik to'xtalishdan keyin "Palmeyras" boshqacharoq himoyalanish orqali o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qololganini takidlagandi.
Axir "izlagan imkon topar" deb bejiz aytishmagan xalqimizda. Axir bu qoidalarda taqiqlanmagan-ku, to'g'rimi?! Shu kabi vaziyatlarga sizning munosabatingiz qanday?
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз"
Fikrlar