So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

"Real" ayrim futbolchilari Alonso talablaridan norozi Yangiliklar

"Real" ayrim futbolchilari Alonso talablaridan norozi

"Real" jamoasida ayrim futbolchilar Xabi Alonso rahbarligidagi o'zgarishlardan mamnun emas.

The Athletic xabariga ko'ra, 43 yoshli mutaxassis jamoa bosh murabbiyi lavozimiga kelganida, "kiyinish xonasida bir qator yomon odatlar mavjudligini" aniqlagan.

Alonso futbolchilarga aytgan ilk gaplaridan biri shunday bo'lgan: endi raqib to'pga ega bo'lgan paytda ko'proq yugurish va ishlash kerak bo'ladi, aks holda hech kimga asosiy tarkibdagi joy kafolatlanmaydi.

U jamoaning etakchilari va sardorlari bilan gaplashib, yangi ichki qoidalar majmuasini ishlab chiqqan. Ular orasida vaqtga rioya qilish, kechikishlar uchun jarima, hamda mashg'ulotlarda yuqori shiddat va fidoyilik talablari bor.

Manbalardan biri shunday deydi: "Xabi jamoa hayotida intizom va tartibni mustahkamlashga harakat qildi — jadvalni qatiy nazorat qilish, trenajyor zaldagi profilaktik mashg'ulotlarni ko'paytirish, guruh va individual video tahlillar o'tkazish orqali".

Ayrim tajribali futbolchilar yangi talablardan norozi — ular o'zlariga nisbatan etarlicha hurmat yo'q deb hisoblashmoqda. Bir nechta manba takidlashicha, bazi o'yinchilar maydonda o'z salohiyatini erkin namoyish etish imkoni kamayganidan ranjishmoqda.

"Bazilar bu talablarni bajarmasdan ham ko'plab sovrinlarni yutgan. Endi esa ularga yangi tartib o'rnatilganda, shikoyat qila boshlashdi. Bu sir emas, ayrim holatlar matbuotda ham yoritilgan. Bu tabiiy, ayniqsa avval "dastlabki tarkibdan siqib chiqarilmaydiganlar" orasida", – degan klubdagi manba.

Shuningdek, xabarda takidlanishicha, Alonso qo'llayotgan qatiy va talabchan yondashuv "Real"da Karlo Anchelotti davridagi nisbatan yumshoq muhit bilan solishtirilayotgan ekan.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
29 okt 23:45:03
Kroos6366
Ketkazish kere shunaqa yulduzchalani aynan shula jamoa natijalariga juda salbiiy taʼsir ko‘rsatadi! Kim bo‘sayam ketgazish kere zaxiraga mixlab! Alonso juda to‘g‘ri yo‘nalishdi buni Peres va jamoa prizdentlari barchasi bilib turubdi! Yaxshiyamki Peres birorta futbolchini jamoadan ustun qo‘ymaydi!
   
29 okt 20:12:18
Kuandik Gayupov
Анчелоттеда услубсиз услуб бор эди яни хохаганингча уйна деган
   
29 okt 16:28:16
assassin
Яхши талабларку. Мен уйлабман бирор нотугри талаблар килибдими деб. Интизом булса яхшида. Сабр билан мехнаткашлик футболчиларни узидан кетиб комедиган килади.
   
29 okt 15:23:27
MENTAL!ST
Murabbiyning aytganini qilish kerak, tamom.
   
29 okt 15:19:14
Aliakbar RM
Kim ekan ashi ?? Yolg'on bo'sa kere fudbolchilar ko'rb turbdi natija yaxshi alonso nima desa qilsa kere
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика