So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

"Alyo, ref!" finaldagi bahsli epizodlarni tahlil qildi Yangiliklar

"Alyo, ref!" finaldagi bahsli epizodlarni tahlil qildi

"Championat.Asia"ning hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" telegram kanali) O'zbekiston kubogi finalida "Paxtakor" va "Buxoro" (1:0) o'rtasidagi uchta epizodni tahlil qildi.

"Buxoro" darvozasiga penalti belgilanishi mumkin bo'lgan vaziyat:

- Juda murakkab vaziyat. O'yin davomida, dinamikada qaralganda, penaltidek ko'rinadi. Ko'pchilik hakamlar, ehtimol, darhol penalti belgilardi. Lekin VAR orqali ko'rib chiqilganda ayon bo'ladiki, hujumchi himoyachi qaerdaligini taxmin qilib, to'pni oyog'i bilan himoya qilishga uringan. Birinchi takroriy vaziyatda ko'rinib turadiki: hujumchi orqaga va yonga, yani himoyachi tomon qadam tashlaydi. Shu bilan u go'yoki kontaktga o'zi tashlayotgandek bo'ladi. "Buxoro" himoyachisi esa faqat to'p sari harakat qilmoqda, to'p uchun kurashga kirishmoqchi.

Hozirgi hakamlikdagi tendenciyalar shundayki, agar to'p hujumchi va himoyachi uchun deyarli bir xil masofada bo'lsa va hujumchi fol olishga, penalti ishlab olishga urinib, biroz bo'lsa ham o'zini qasddan kontaktga tashlasa, o'yinni davom ettirish kerak. Hakam qarori to'g'ri bo'lganini qo'llab-quvvatlayman.


Bashar Resanning ehtimoliy qizil kartochka olish vaziyati haqida:

– Bu qarorni ham qo'llab-quvvatlash mumkin. “Paxtakor” o'yinchisi to'pni egallashga uringan va oyog'ini erga qo'yish chog'ida raqibning oyog'i ustiga bosib olgan. Yaxshiki, "Buxoro" o'yinchisining oyog'i erga juda chuqur qo'yilmagan — aks holda u jiddiy jarohat olishi mumkin edi. Shuningdek, "Buxoro" futbolchisining oyog'i yomg'irli maysa sababli biroz sirpangandek tuyuladi. Agar “Paxtakor” o'yinchisi butsaning barcha tishlari bilan raqibning oyog'iga bosib, kuchliroq bosim bilan harakat qilganida, qizil kartochka haqida gapirish mumkin edi.


“Buxoro” jamoasining bekor qilingan goli bilan bog'liq vaziyat haqida:

– Bu erda ofsayd bo'lishi mumkin bo'lgan ikki epizod bor edi, shuning uchun hakam har ikkisini ham tekshirdi. Birinchi fazada “Buxoro”ning 93-raqamli o'yinchisi (Kolakovich) ehtimol, ofsayd holatida bo'lgan. Darvoza ortidan olingan lavhada u “Paxtakor” o'yinchisining harakatiga biroz xalaqit bergandek tuyuladi. Ikkinchi fazada esa “Buxoro”ning 22-raqamli futbolchisi (Tabatadze) to'pga tekkan-tegmagani va agar tegmagan bo'lsa, epizodga tasir qilgan-qilmagani ko'rib chiqildi.

Hakam qarorni birinchi epizod bo'yicha qabul qildi. VAR orqali ko'rib chiqqanidan so'ng, u o'z qarorini stadiondagi ovozli aloqa orqali elon qildi. Bu qarorga qo'shilish lozim, chunki “Buxoro”ning 93-raqamli o'yinchisi raqib bilan haqiqatan ham kontaktga kirishgan. Agar u shunday harakat qilmaganida, “Paxtakor” himoyachisi havodagi kurashga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rib, epizodni yutqazmasligi yoki kamida raqibga faolroq qarshilik ko'rsatishi mumkin edi.

Umuman olganda, ikki qismdan iborat bo'lgan bu murakkab vaziyatni xulosa qilsam, golni bekor qilish qaroriga to'liq qo'shilaman. Birinchi fazadagi ofsayd (Kolakovich ishtirokida) savollar tug'dirishi mumkin. Ammo, agar u erda ofsayd yoki qoida buzilish bo'lmagan taqdirda ham, gol baribir ikkinchi fazadagi ofsayd (Tabatadze ishtirokida) sababli bekor qilinishi kerak edi.

Reyting: -28   

Fikrlar

+13   
29 okt 23:28:22
Dilshod 441
Кимни эсида булса пахтакор ва насаф кобок финали, Ойбек Бозоров тупни тухтатмоқчи булиб рақиб футболчисини оёгини тупигига тегиб кетганди, ВАР аралашиб қизил берганди, бугун ундан 100 марта баттар булган лекин ВАР ни куриб ҳам қизил берилмади
+8   
29 okt 23:27:39
1994 Nurafshon
Узбек футболида янги койда Офсайдни бош хакам маниторга караб Караб чикарди койил расво килдинглар хамма жойни
+8   
29 okt 22:57:15
Зинуp
Бу вазиятда ёгини узиб олса кейин кизил берилади дегин реф)
+7   
29 okt 23:45:00
Азаматбек N1
Ro'ziqul Berdiyevni nimalarni nazarda tutib gapirganini endi ham tushunib yetgandir ayrim so'taqozi, Tomi ketgan lunatiklar. Surishtiruv o'tkazmoqchi bo'lgan UFA erkak bo'lsalaring Shu vaziyat bo'yicha ham surishtiruv o'tkazasizlar
+7   
29 okt 23:04:17
Paxtakor........uz
Paxtakor chempion!
+7   
29 okt 23:03:19
Акрамжон
Оффсайд холатини бош хакам узи бориб куриши тугрими? Унда вар хакамини нима кереги бор????
+4   
29 okt 23:23:04
1994 Nurafshon
Хатони кетидан хато юз борми санларга хуллас Аллохни узи санларга хакамлик килсин ифлослар
+3   
29 okt 23:51:20
Dilshod Ergashev
Man kecha yozgan gapim buldi hakamlar vijdonini sotdi
+3   
29 okt 23:06:17
Che Guevara
Xullas, ssennariy oldindan yozib qoyilgan. Hammasi shu asosda kechdi.
+2   
30 okt 06:43:54
Ishqiboz Muhlis
Синяев ҳам УЧ харф эканку. Пахтакор мухлисиман аммо нохақлик мухлиси эмасман.
+2   
29 okt 23:59:39
Mardon Eshmonov
Кубок Пахтакорга Халол эмас.
Бу Уйинда кучли Таниш блишчилик бор эди. Албатта Пахтакор фойдасига.
БУХОРА ЧЕМПИОН БИЗ УЧУН.
+2   
29 okt 23:56:32
Hurshid Shonazarov
Qizil haqida Xayrulla Xamidov fikr bildirib bo‘ldilar. Aniq qizil degan maʼnoni berib bo‘ldilar. Alo refga ishonardim. Endi tugadi...
+2   
29 okt 23:38:22
ibrohim Ahmadjonov
TOMJIQ_OLOT foydalanuvchining fikriga javob berish
Майдонда эрка "Пахта" Ҳужумда Игорь тахта))
Girt galamiz odamsanla agar zborniyda muhim gol ursa kotini yalisanla ras sanga oyini yoqmayaptimi ozbek futboli yoqmayaptimi korma boldi xakam chichti xakam xammayoni parod qildi bu digan paxta sotvoldi diganimas shunchali ichlarin negativga tolganmi agar sudya buxoroga yon bosib buxoro yutganda turvolib kere bosa sudyani kotini yalirdin
+2   
29 okt 23:37:28
Баходир Милан
Жасурбек Фазилов foydalanuvchining fikriga javob berish
Нодирхужа окимга карши сузмайди..биз мухлисларни фикр ёзишимиз Нодирхужа га пул болади...эх содда мухлислар.. узбек футболини биринчи ракамли душмани бу Нодирхужа булади
Нодирхўжани нима алоқаси бор бу сайтни сотворганига 5йилдан ошди бошқа иш қилиб юрибдику?
+2   
29 okt 23:33:29
Jama0205
Bu gaplarni aytgan aniq paxtachi.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика