So’nggi yangiliklar

08:00Суперлига. "Динамо" – "Хоразм" 3:1   0 08:00Муҳаммад Салоҳ ёзда Саудияга кўчиб ўтиши мумкин. Саудияликлар унга қанча ойлик таклиф қилгани маълум  0 07:33ОАВда Ямалнинг гапларини нотўғри талқин қилинган  5 00:55Фримпонг жароҳати қанчалик жиддий экани маълум бўлди  3 00:51Эдем Неманов: "Медаллар учун курашамиз ва барчаси ўзимизга боғлиқ"  0 00:50Владимир Бубанья: "Насиб бўлса, ўтиш ўйинларида иштирок этмаймиз"  0 00:39Вадим Абрамов: "Самарқанд ЖЧга мезбонлик қиладиган стадионга эга бўлиши керак. Чемпионлик учун курашмаётганимизга ўзимиз айбдормиз"  2 23:55Шерзод Жўраев: "Насаф"дек жамоага қарши футболчиларни алоҳида руҳлантириш шарт эмас"  0 23:30Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган  30 23:11Расман: Лучано Спалетти "Ювентус" бош мураббийи этиб тайинланди  5 23:05Суперлига. "Навбаҳор" – "Насаф" 0:0  5 22:59Рўзиқул Бердиев ОКМК билан ўйиндан кейинги матбуот анжуманида айтган гаплари бўйича изоҳ берди (тўлиқ матбуот анжумани)  24 22:31Пирс Морган Криштиану Роналдунинг ҳаётидаги "энг очиқ" интервьюни эълон қилди. Суҳбат кейинги ҳафта премьера қилинади  7 22:02Ҳаким Фузайлов: "Жамоам 70 дақиқа футбол ўйнаяпти. Балки ўрнимга бошқа мураббий мавсумни тугатиб қўйгани маъқулдир"  5 21:39Лисандро оғир жароҳатидан сўнг МЮ машғулотларига қайтди  1

"Real"ning hayron qoldiruvchi starti: "Atletiko"ni ham yutdi va to'qqizta o'yindagi to'qqizinchi g'alabasini qo'lga kiritdi Yangiliklar

"Real"ning hayron qoldiruvchi starti: "Atletiko"ni ham yutdi va to'qqizta o'yindagi to'qqizinchi g'alabasini qo'lga kiritdi

"Real" o'zini raqiblari yo'qdek tutmoqda - "Madrid" Ispaniya chempionati oltinchi turida "Atletiko" (2:1)ni mag'lubiyatga uchratdi.

Mezbonlar o'yinni juda faol boshlashdi, ammo "Real" 18-daqiqa ilk darvoza tomon aniq zarbadayoq Diego Simeone yigitlarini xafa qildi. CHuameni to'pni ajoyib tarzda jarima maydonchasi ichiga tashladi, Rodrigo esa Felipening qo'pol xatosidan so'ng to'pni Oblak darvozasiga yo'naltirdi va Vinisus bilan birgalikda raqsga tushdi.


"Irqchi, senga takrorlayman: "Men raqsni to'xtatmayman". Vinisiusning "maydonda maymunlik qilishni to'xtatish" iborasiga javobi (mutolaa uchun)


"Qaerda xohlasang, raqsga tush", — deb yozdi Vini o'yindan so'ng tvitterda.



"Real" birinchi bo'limdayoq ustunlikni mustahkamladi. Vinisius tezkor qarshi hujumdan so'ng o'zi ham gol urishi mumkin edi, ammo to'p shtangaga tegdi — qaytgan to'pga birinchi bo'lib Valverde ulgurdi. Bu Fede uchun chempionatdagi oltinchi o'yindagi uchinchi gol bo'ldi (o'tgan mavsumda chempionatda gol urmagandi)


Valverde Anchelottini ruhlantirib yubordi: "Agar u mavsumda kamida 10ta gol urmasa, murabbiylik licenziyamni yirtib tashlashimni aytganman", — dedi Karlo CHL doirasidagi "Leypcig"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng.


"Atletiko" baribir intrigani qaytardi — Ermoso 83-daqiqada burchak to'pidan so'ng elka bilan muvaffaqiyatli o'ynadi. O'yinning yakuni "qaynoq" bo'ldi — o'sha Ermoso ikki daqiqa ichida ikkita sariq kartochka oldi va "Madrid"ga qo'shimcha bo'limlarda son ustunligini sovg'a qildi. Mehmonlar bundan foydalanishdi va g'alabaga erishishdi.


VIDEO  LaLiga. "Atletiko Madrid" - "Real Madrid" 1:2


Anchelotti juda mamnun: "Bizda ikkita to'p ustunligi bor edi, biz yaxshi himoyalandik. Ikkinchi taymda harakatlarimizda samaradorlik etishmadi, oldiga o'tishga va raqibga zarar keltirishga xohish bo'lmadi.


"Atletiko"ni juda yaxshi jamoa deb hisoblayman, u erda juda ko'p ijrochilar bor. Ularda mavsum boshida muammo yuzaga keldi, ammo ular sovrin uchun oxirigacha kurashishadi. Hozir hali hech narsa hal bo'lmadi. Biz mavsumni yaxshi boshladik, ular — yomonroq, ammo barchasi o'zgarishi mumkin.



Jamoamiz ayrim jihatlarda ajoyib o'ynadi va Valverde ham o'zini ko'rsatdi. U vinger sifatida o'ynab turib, yarim himoyaga yordam berishga ulguradi. U bizga taktik moslashuvchanlik jihatidan juda ham muhim.


Rodrigo ham yaxshi. U aqlli va har qanday poziciyada o'ynashga qodir.


"Real" hali biror marta ochko yo'qotmadi. Faqatgina "Benfika" shunday grafikda ketmoqda.


"Real"ning mavsum startida statistikasi hayratga soladi.


• "Madrid" 9tadan 9ta g'alabaga erishdi. Anchelotti jamoasi UEFA Superkubogidagi g'alaba bilan boshladi va hali La Liga (6) va CHempionlar Ligasi (2)da qoqilgani yo'q. Bu o'yinlardagi umumiy hisob — 24-6.



• Top-ligalarda huddi shunday grafikda faqatgina "Benfika" ketmoqda — Portugaliya chempionatidagi 7ta g'alaba + CHLda yana 2ta.


• "Real" "Atletiko" bilan so'nggi 10ta o'yinda 6ta g'alabaga erishdi. "Madrid" 2019 yilning 29 sentyabrida derbida faqatgina bitta mag'lubiyatga uchradi.


• Bu Simeonening derbidagi 16-mag'lubiyati: u 37ta o'yinda faqatgina 10 bor g'alaba qozongan.


"Real"da g'alabali seriyani davom ettirish uchun ajoyib imkoniyat bor — oldinda "Osasuna", "SHaxtyor" va "Xetafe" bilan o'yinlar bor.


"Atletiko" — "Real" 1:2

Gollar: 0:1 – 18 Rodrigo, 0:2 – 36 Valverde, 1:2 – 83 Ermoso.

"Atletiko": Oblak, Vitcel, Felipe, Reynildu, Lorente, Karrasko (Ermoso, 72), Koke (Korrea, 73), Kondogbia (Saul, 81), de Paul (Morata, 62), Grizmann, Joau Feliks (Mateus Kunya, 62).

"Real": Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao, Mendi (Ryudiger, 75), Modrich (Kamavinga, 82), Kroos (Asensio, 86), CHuameni, Valverde, Vinisius Junior, Rodrigo (Sebalos, 86).

Ogohlantirishlar: Reynildu (28), Mendi (33), Koke (63), Karvaxal (88), Ermoso (89).

CHetlatish: Ermoso (90).


Atletico Madrid

Mario Hermoso - 83'

LaLiga . 6-tur

19/09/2022, 01:00

2
:
1
Tugadi

Real Madrid

Rodrygo - 18', Federico Valverde - 36'

Stadion: Civitas Metropolitano, 66881 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Munuera

45'
90'
28'  Reinildo
62'  Joao Felix (Matheus Cunha)
62'  Rodrigo De Paul (Alvaro Morata)
63'  Koke
72'  Yannick Carrasco (Mario Hermoso)
73'  Koke (Angel Correa)
81'  Geoffrey Kondogbia (Saul Niguez)
83'  Mario Hermoso
89'  Mario Hermoso
90'  Mario Hermoso
18'  Rodrygo
18'  Aurelien Tchouameni
33'  Ferland Mendy
36'  Federico Valverde
75'  Ferland Mendy (Antonio Ruediger)
82'  Luka Modric (Eduardo Camavinga)
86'  Toni Kroos (Marco Asensio)
86'  Rodrygo (Daniel Ceballos)
88'  Daniel Carvajal




Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика