"Real" va Modrich shartnomani 1 yilga uzaytirish borasida kelishuvga erishishdi. O'yinchi maoshini pasayishiga rozi bo'ldi
16 apr 2021 14:10
Yangiliklar
"Real" va Modrich shartnomani 1 yilga uzaytirish borasida kelishuvga erishishdi. O'yinchi maoshini pasayishiga rozi bo'ldi
Yarim himoyachisi Luka Modrich yana bir mavsum "Real"da to'p tepadi.
Tomonlar shartnomani 2022 yilning yoziga qadar uzaytirish borasida kelishuvga erishishdi. 35 yoshli o'yinchi "qaymoqranglilar" tomonidan taklif qilingan maosh kamayishiga rozi bo'lishdi.
Xorvat "Real"da 9 mavsum o'ynadi. Futbolchi bu vaqt davomida klub libosida 383ta o'yinda maydonga tushib, 26ta gol va 61ta assist qayd etdi.
Modrich Madrid jamoasi safida 4 bor CHempionlar Ligasini yutdi va 2 bor Ispaniya chempioniga aylandi. 2018 yilda esa "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi.
Luka faoliyatini "Real"da yakunlashni va shundan so'ng Madridda yashashni davom ettirishni xohlaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди
Арда Гюлер: "Алонсо дарвозада турасан деса, қўлқоп сотиб оламан"
ОЧЛ-2. Ҳакамга тиббий ёрдам кўрсатилган ўйинда "Андижон" 3-марта 0:0 ҳисоби қайд этди. Бу галги рақиб – "Ал Ҳалдия"
ЕЧЛ. "Барселона" "Эл Класико"дан аввал "Олимпиакос"ни йирик ҳисобда таслим этди
Fikrlar