"Real" va "Fenerbaxche" Gyulerning transferi bo'yicha kelishib oldi, u bugun Madridga boradi
06 iyu 2023 08:08
Yangiliklar
"Real" va "Fenerbaxche" Gyulerning transferi bo'yicha kelishib oldi, u bugun Madridga boradi
"Real" va "Fenerbaxche" Arda Gyulerning transferi borasida kelishuvga erishdi.
A Spor'ning malum qilishicha, 18 yoshli yarim himoyachining transferi "Real" uchun 20 million evroga tushadi. Yana 10 millionni madridliklar bonus sifatida to'lashlari mumkin bo'ladi.
Gyulerning tovon puli 17,5 million evro. Bundan tashqari, "Fenerbaxche" uning keyingi transferidan 20 foiz pul oladi.
Gyuler "Real" bilan shartnoma imzolash uchun bugun Madridga etib borishi kutilmoqda.
Avvalroq, futbolchiga "Barselona" tomonidan ham qiziqish bildirilgandi. Ammo yakunda u "Real" variantini tanladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar