"Real" uch marotaba Messini xarid qilmoqchi bo'lgan
29 jan 2016 12:43
Yangiliklar
"Real" uch marotaba Messini xarid qilmoqchi bo'lgan
"Real" uch marotaba "Barselona" hujumchisi Lionel Messini xarid qilishga uringan.
Ammo barcha harakatlar besamar ketgan.
Birinchi taklif 2011 yilda yuborilgan - o'sha yili Ronalduning Angliyaga qaytishi borasida mish-mishlar ko'payib ketgan edi. Klub rahbari Florentino Peres bir yulduz futbolchini o'rniga boshqasini olib kelishga uringan, lekin bu amalga oshmadi. "Real" 2013 yilda argentinalikka shartnoma taklif qilgan, ammo Messi rad javobini beradi. Bir yil o'tib poytaxt klubi yana bir bor futbolchini xarid qilishga urinadi, biroq bu safar ham tomonlar kelisha olishmaydi.
Messi - "Barselona" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u 17 yoshidan beri birinchi jamoada to'p tepadi.
Ispaniya chempionati turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar