"Real" sobiq ustozi Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlandi
01 may 15:35
Yangiliklar


"Real" sobiq ustozi Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlandi
Ispaniyalik mutaxassis Xulen Lopetegi Qatar terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.
Qatar futbol associaciyasi bilan shartnoma 2027 yil oxiriga qadar mo'ljallangan.
58 yoshli Lopetegi faoliyati mobaynida Ispaniyaning turli terma jamoalari, "Rayo Valekano", "Real", "Sevilya", "Vulverxempton", "Vest Xem" jamoalarida faoliyat yuritgan.
Malumot o'rnida, sobiq murabbiy Luis Garsiya Qatarni 5 ta o'yinda boshqardi. Xususan, jamoa uning qo'l ostida 1 ta g'alabaga erishgan bo'lsa, 2 marta durang o'ynadi va 2 marta mag'lub bo'ldi.
Qatar terma jamoasi ayni paytda JCH 3-saralash bosqichi "A" guruhida 4-o'rinni band etib turibdi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston MTJ 10 iyun kuni Toshkentda aynan Qatarga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar