"Real" Sebalosga yangi shartnoma beradi
07 iyu 2022 16:04
Yangiliklar
"Real" Sebalosga yangi shartnoma beradi
Madridning "Real" klubi ispaniyalik yarim himoyachi Dani Sebalos bilan hamkorlikni davom ettirishga qiziqmoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko'ra, "qirollik klubi" o'yinchi bilan muzokaralarga kirishdi va unga shartnoma taklif qildi. Ispan grandi Sebalos bilan bitimni 2025 yilning o'rtalariga qadar uzaytirishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Dani 2017 yildan beri "qaymoqranglilar" o'yinchisi hisoblanadi. Xavbek bu vaqt davomida ikki bor Londonning "Arsenal" jamoasiga ijara uchun yo'l oldi.
Sebalos o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar