Manba: "Real" rahbariyati yozda tarkibni kuchaytirish masalasida Anchelottiga rad javobini bergan
07 mar 2023 10:54
Yangiliklar
Manba: "Real" rahbariyati yozda tarkibni kuchaytirish masalasida Anchelottiga rad javobini bergan
"The Athletic" xabariga ko'ra, Karlo Anchelotti joriy mavsum 3 ta asosiy sovrindan birortasini yuta olmasa, "Real" bosh murabbiyi lavozimini yo'qotadi.
Malum bo'lishicha, o'tgan yozda italiyalik mutaxassis "qaymoqranglilar" rahbariyatidan tarkibni kuchaytirishni so'ragan, biroq rad javobini eshitgach, etiroz bildirmagan.
"Real" 2021/2022 yilgi mavsumda Anchelotti qo'l ostida CHempionlar Ligasi hamda La Ligada g'olib chiqdi va avgust oyida ular orasiga Evropa Superkubogini qo'shib qo'ydi. Endi italiyalikning asosiy umidi faqat CHempionlar Ligasi bo'lib turibdi. "Real" chempionatda "Barselona"dan 9 ochko ortda qolmoqda, Kubok yarim finalida madridliklar o'z uyidagi birinchi o'yinda "ko'k-anorranglilar"ga yutqazgan, yanvarda esa "blankos" Ispaniya Superkubogi finalida "blaugrana"ga mag'lub bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar