"Real" qishda yangi futbolchilar sotib olmoqchi emas. Klub rahbariyati amaldagi tarkibga ishonmoqda
12 jan 23:21
Yangiliklar
"Real" qishda yangi futbolchilar sotib olmoqchi emas. Klub rahbariyati amaldagi tarkibga ishonmoqda
"Real Madrid" yanvar oyida yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmayapti. The Athletic nashrining xabariga ko'ra, madridliklar rahbariyati qishki transferlar borasidagi o'z poziciyasini o'zgartirmagan. Klub mutasaddilarining fikricha, jamoaning hozirgi tarkibi mavsum yakuniga qadar La Liga, Ispaniya Kubogi va Chempionlar Ligasida g'oliblik uchun kurashishga qodir.
Qayd etilishicha, "Real" qishda transfer amalga oshirishdan cho'chimoqda. Bunga sabab — yanvar oyida bozorda yaxshi variantlar kamligi va mavjud nomzodlarning narxi haddan tashqari baland bo'lishidir.
Eslatib o'tamiz, ayni damda madridliklar La Ligada 19 turdan so'ng 45 ochko bilan 2-o'rinda borishmoqda va peshqadam "Barselona"dan 4 ochkoga ortda qolishyapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar