"Real" prezidenti: "Karlo Anchelotti endi buyuk Madrid oilasining abadiy azosiga aylandi"
23 may 2025 18:21
Yangiliklar
"Real" prezidenti: "Karlo Anchelotti endi buyuk Madrid oilasining abadiy azosiga aylandi"
"Real" prezidenti Florentino Peres Karlo Anchelottining jamoa bosh murabbiyligidan ketishiga izoh berdi.
Avvalroq Madridning "Real" klubi mavsum yakunida Anchelottining ketishini elon qilgandi. 24 may kuni jamoa Ispaniya La ligasining 38-turi doirasida o'z maydonida "Real Sosedad"ni qabul qiladi. Bu o'yin Anchelotti uchun "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi sifatidagi oxirgisi bo'ladi.
"Karlo Anchelotti endi buyuk Madrid oilasining abadiy azosiga aylandi. Biz klubimiz qadriyatlarini namunali tarzda ifodalagan va shuncha yutuqlarga erishishimizga ko'maklashgan murabbiy bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo'lganimizdan faxrlanamiz", – dedi Peres klub matbuot xizmatiga.
May oyida Braziliya futbol konfederaciyasi 65 yoshli italiyalik mutaxassis terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlangani haqida xabar bergan edi.
O’xshash yangiliklar
03:05
ECHL. Vinisiusning yagona goli "Real"ga "Benfika" ustidan g'alaba taqdim etdi. Mourinyu chetlatildi 132
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar