"Real" muxlislari uchun xushxabar
24 may 12:54
Yangiliklar
"Real" muxlislari uchun xushxabar
Braziliyalik futbolchi bilan shartnoma uzaytirilgach, klub belgilangan 15 million evrolik maosh chegarasidan oshib ketgan. Endi 24 yoshli futbolchi yiliga 20 million evrodan ko'proq, ammo 30 million evrodan kamroq maosh oladi. Vinisius "qirollik klubi"ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi nomini hujumchi Kilian Mbappe bilan bo'lishib turibdi.
Qayd etilishicha, maoshlarning yuqori chegaradan oshib ketishi "Real"ni ish haqi siyosatini qayta ko'rib chiqishga majbur qilishi mumkin, chunki klubning boshqa yulduzlari ham Vinisiusdan o'rnak olib, maoshlarini oshirishni istashlari ehtimoli bor.
Avvalroq Vinisiusning shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan edi. Joriy mavsumda forvard barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar