"Real" Mbappe yozda jamoaga qo'shilmasa, unga boshqa taklif yubormasligi bilan ogohlantirdi
21 fev 2022 00:30
Yangiliklar
"Real" Mbappe yozda jamoaga qo'shilmasa, unga boshqa taklif yubormasligi bilan ogohlantirdi
Madridning "Real" klubi PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bilan shartnomani uzaytirishga urinayotganidan xavotir olmoqda.
Manbaning xabar berishicha, parijliklar francuzga "astronomik" maosh bilan ikki yillik shartnoma taklif qilishgan, madridriklar esa bunday mablag'ni bera olmaydi.
Ispan klubi mavsum oxirida futbolchi bilan transfer bo'yicha og'zaki kelishuvga erishganligiga ishonchi komil, biroq ular Mbappening amaldagi jamoasi bilan shartnomasini uzaytirish varianti ham istisno qilinmasligini yaxshi bilishadi.
SHu sababli "Real Madrid" rahbariyati hujumchini yoz faslida jamoaga o'tmasa, unga ajratilgan mablag' boshqa futbolchilarga sarflanishi, bundan keyin Kilianni qo'lga kiritishga urinishlar bo'lmasligi haqida ogohlantirgan.
Eslatib o'tamiz, Mbappe joriy mavsumda Liga 1'da 23 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar