"Real" "Manchester Siti" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
29 avg 2018 11:00
Yangiliklar
"Real" "Manchester Siti" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
"Real" yana "Manchester Siti" yarim himoyachisi Raxim Sterlingga qiziqib qoldi.
"Qirollik klubi" vakillari 23 yoshli futbolchini 8 sentyabr kuni Angliya hamda Ispaniya o'rtasida o'tkaziladigan Millatlar ligasi o'yinida kuzatishmoqchi.
"Real" yozgi transfer oynasida Sterling borasida taklif yubormoqchi emas, ammo futbolchi bilan bog'liq vaziyatni yanvargacha kuzatmoqchi.
Sterling joriy yilning iyun oyida "Siti" rahbariyati bilan ikkita uchrashuv o'tkazdi, biroq tomonlar yangi shartnoma borasida kelisha olishmayapti.
"Real" joriy yilning bahor faslida Sterlingga qiziqish bildirgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar