"Real" Harri Keynning holatini kuzatib bormoqda
18 mar 2023 12:59
Yangiliklar
"Real" Harri Keynning holatini kuzatib bormoqda
Madrid klubi "Tottenxem" futbolchisi Harri Keynni o'z tarkibiga qo'shib olish haqida o'ylamoqda.
29 yoshli Angliya terma jamoasi hujumchisi yozda amaldagi klubi bilan shartnomasining so'nggi yiliga kirib boradi. "Qirollik klubi" jamoaning asosiy hujumchisi Karim Benzemaga uzoq muddatli o'rinbosar izlayotgani bois uning xizmatlaridan foydalanish uchun ishga kirishishi mumkin.
Harri Keynni o'ziniki qilish istagini bildirayotganlar orasida "Manchester Siti" va "Bavariya" klublari ham mavjud.
"SHporlar" yulduzi joriy mavsum jami 38 ta o'yinda maydonda harakatlandi va 22 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar