So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  18 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

REAL MADRID - BORUSSIYA D 3:0. Yangiliklar

REAL MADRID - BORUSSIYA D 3:0.

Ushbu sahifa orqali "Real" - "Borussiya" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.
ECHL, chorak final. Dastlabki o'yin.

"Real" - "Borussiya D" 3:0

"Santyago Bernabeu".

Hakam:
M.Klattenburg.

Gollar:
Beyl (3), Isko (27), Ronaldu (57).

"Real":
Kasilyas, Karvaxal, Pepe, Ramos, Koentrau, Alonso, Modrich, Isko (Ilyarramendi, 72), Beyl, Benzema (Morata, 75), Ronaldu (Kazemiro, 80).

"Borussiya D":
Vaydenfeller, Pishchek (SHiber, 67), Xummels, Papastatopulos, Durm, Kel (Yoyich, 74), SHaxin, Grosskroytc, Mxitaryan (Xofmann, 64), Roys, Obameyang.

Ogohlantirishlar:
Roys (18), Kel (30), Grosskroytc (87).


                                MATNLI TRANSLYACIYA
                                         YANGILASH
90+4. O'yin tugadi. "Real" yirik hisobda g'alaba qozondi.

90+2. "Borussiya" o'yin so'nggida to'pga egalik qilib turgan bo'lsa-da, bu hisobnin o'zgarish uchun etrali bo'lmayapti.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

87.
Pepe "Borussiya"ning navbatdagi hujumini ham bartaraf etdi. Ajoyib o'yin ko'rsatyapti.

86.
Grosskroyc qoida buzdi. Sariq kartochka bilan jazolandi. "Real" esa jarima to'pidan unumli foydalanolmadi

84.
Beyl o'z jarima maydoni oldida to'pni egallab olib, katta tezlikda oldinga tashlandi. Juda osonlik bilan raqiblarni birin-ketin aldab o'tdi va so'nggi zarba noaniq bo'ldi. 

80. Ronalduning jarohati jiddiyroq shekilli. Uning o'rniga Kozimiro tushurildi.

78. Krishtianuga maydonning o'zida tibbiy yordam ko'rsatilyapti.

75.
Benzema o'rniga Morata

75.
"Borussiya" tarkibida ham yana bir o'zgarish. Kel o'rniga Yovich.

71.
Isko o'rniga Ilyaramendi maydonga tushdi.

69.
Vaydenfeller Benzemaning yana bir zarbasini qiyinchiliksiz bartaraf etdi.

66.
Roysning zarbasiii! Himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishmaganida Kasilyas unga ulgurishi qiyin edi.

64.
Roys "Real" jarima maydonida cho'zilib yotibdi. Hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatishidan umidvor bo'lib. Referi esa qoida buzilmaganini bildiryapti.

62. BENZEMAA! Kuchli zarba! Vaydenfellerdan yana bir shedevr.

60.
Har ikki jamoa tomonidan ochiq futbol namoyish etila boshlandi. Boshqachasiga mumkin ham emas endi. Vaziyatlar ketidan vaziyatlar. Har ikki jamoada ham gol uchun imkoniyatlar!

58.
Pishekning qo'pol xatosi, Modrichning aqilli to'p uzatishi, Ronalduning goli... Nemislarga esa qiyin. "Real" bir oyoq bilan yarim finalda, desak xato bo'lmasa kerak.

57. GOOOOOOL! KRISHTIAAANUUU RONALDUUU!

55.
Dortmundliklarda ham ajoyib imkoniyat! Mxitaryan! Yo'q. Zo'r vaziyat boy berildi. Foydalanilmadi.

53.
Ronaldu o'ng qanotda paydo bo'lib, raqiblarni juda osonlik bilan ortda qoldirdi va to'pni jarima maydoniga, Benzema tomon uzatdi. Himoyachilar amallashdi.

51.
Madridda esa kuchli yomg'ir yog'ishda davom etmoqda.

50. Pishek, Kel, Mxitaryan ikkinchi bo'limda ancha faollashdi.

49.
Roys va Obemiyang uyushtirgan hujum noaniq zarba bilan yakun topdi. Endi Iker shoo'masdan to'pni o'yinga kiritib bnradi.

47. Beeeyl! Vaydenfeller bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Lekin bu safar ushbu duelda darvozabon ustun keldi.

46.
Tarkiblarda hozircha o'zgarishlar yo'q.

IKKINCHI TAYM!

45. Birinchi bo'lim nihoyasiga etdi. Tanaffus!

45.
Taym so'nggida "Borussiya" ancha faollashdi. Biroq golli vaziyatlar yaratilmadi.

44.
Erik Durm burchak to'pi ishladi. Roys to'pni jarima maydoniga etkazib berdi. Biroq bundan biror natija chiqmadi. Madrid himoyasi ishonchli o'ynadi.

41.
Mxitaryan katta tezlikda himoyadan hujumga o'tdi. To'pni Obemiyangga uzatdi. U esa tribunadagilarni nishonga oldi...

39.
CHap qanot orqali Koentrau va Benzemaning harakatlari evaziga tashkil qilingan hujumni Ronalud nihoyalab qo'yishi mumkin edi. Biroq to'pni to'xtatib, o'ziga bo'ysundira olmadi portugaliyalik. 

37.
Karvaxalning qanotdan havolatib uzatgan to'pini Benzema darvozaga yo'llab qo'yishga intildi. Zarbasi noaniq va kuchsiz chiqdi.

34.
Mxitaryan raqib jarima maydonida yiqildi. Hakamga nigohini qaratdi. U esa jim. Hech narsa bo'lmadi, demak.

32. 
Dortmundliklarning kam sonli qarshi hujumlaridan biri. Grosskroyc yaxshi reyd qildi. To'pni o'zi jarima maydonigacha olib borib, zarba berdi. Aniq, ammo etarlicha kuchli emas.

29. "Real" yana bir bor jarima to'pini amalga oshirdi. Beylning zarbasidan keyin Vaydenfeller yana bir ajoyib seyv namoyish qilib berdi. CHiroyli vaziyat.

27.
"Borussiya" burchak to'pini amalga oshirgach, "Qirollik klubi" to'pni egallab tezda qarshi hujumga o'tdi va uni so'nggi pallada Di Mariya maydonga tusha olmasligi malum bo'lgach, uning o'rniga takibga kiritilgan Isko aniq zarba bilan hisobni 2:0ga etkazdi.

26. GOOOOOOL! ISKOOOO! 

25.
Alonso maydon markazida o'yin qoidasini buzdi. Jarima to'pidan so'ng hujum tashkil qilgan "Borussiya"ning bu safargi hamlasi ham juda etz to'xtatildi.

20.
O'yin tempi tushdi. Dortmundliklar to'pni o'zida bir muddat ushlab turishga va keyin oldinga borishga urinib ko'rdi. Hozir aynan shu kerak. Taym avvalidagi hujumlar yomg'iridan so'ng, biroz o'ziga kelib olish talab etiladi.

18. Marko Roysga sariq kartochka.

16.
"Borussiya" oldinga o'tishga urinib ko'rdi. SHaxinning say-harakatlari ko'p ham muvaffaqiyatli chiqmadi. Qaytanga xavfli qarshi hujum qabul qilib olishdi.

12.
"Real" shu daqiqagacha qadar butun taymga tatigulik hujumlar tashkil qilib ulgurdi. O'yin faqat bir darvoza oldida kechyapti.

11.
Madridliklar jarima to'pi ishlashdi. Ronalduning zarbasi yana xavfli, yana Vaydenfeller uni qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

08.
Krishtianuning uzoq masofadan bergan zarbasii! Vaydenfeller kuchli zarbani qaytara oldi.

07.
"Real" esa hujum qilishda davom etmoqda. Beylning navbatdagi zarbasidan keyin ham to'p darvoza to'riga borib tushdi. Biroq biroz avval hakam xushtagi chalinib, o'yindan tashqari holat qayd etilgandi.

04.
Haa, juda tezkor gol. "Real"ga juda katta ustunlik taqdim etsa kerak bu.

03. GOOOOOOOOOOL! Beyl! O'yinning 3-daqiqasidayoq hisob ochildi.


01. Hakam xushtagi chalinib, o'yinga start berildi. Boshladik!


O'yin boshlanishi uchun barchasi tayyor.

Ushbu o'yinni siz uchun "SA"da chiroyli futbol ko'rishni niyat qilgan Abror Qodirov sharhlab boradi. 

Futbolchilar maydonda! CHempionlar Ligasi madhiyasi yangramoqda!

Madriddagi muxtasham stadion tribunalarida zamonamizning eng kuchli tennischilaridan biri - Rafael Nadal ko'rinish berdi. Rafa Madridning "Real" klubi ashaddiy muxlislaridan biri hisoblanadi.

Uchrashuv boshlangunga qadar esa o'yin prevyusini yana bir bor ko'zdan kechirib chiqish imkoniga egasiz.

"Santyago Bernabeu"dagi murosasiz va shiddatli kechishi kutilayotgan uchrashuv boshlanishiga juda oz vaqt qoldi.

- O'yin soat 23:45da boshlanadi


REAL MADRID - BORUSSIYA D
2 aprel. Madrid. "Santyago Bernabeu". 23:45
Hakam -
Mark Klattenburg (Angliya).

"Real":
Kasilyas, Pepe, Ramos, Koentrao, Ronaldo, Benzema, Beyl, Alonso, Karvaxal, Modrich, Isko.

"Borussiya D":
Vaydenfeller, Pishhek, Sokratis, Xummels, Durm, Kel, SHaxin, Grosskroyc, Mxitaryan, Roys, Obameyang.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика