"Real" "Liverpul" yarim himoya chizig'i etakchilaridan biriga qiziqish bildirmoqda
13 apr 13:57
Yangiliklar
"Real" "Liverpul" yarim himoya chizig'i etakchilaridan biriga qiziqish bildirmoqda
Madridning "Real" klubiga "Liverpul"ning 26 yoshli yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister qiziq.
Argentinalik futbolchi "qaymoqranglilar" tarkibida o'z sifatlari bilan jamoaga mos keladi deb hisoblashmoqda. Ayni paytda "Real" Mak Allisterning ehtimoliy transferi maqsadga muvofiqligini o'rganmoqda. Avvalroq, yarim himoyachi bir kun kelib La Ligada o'ynashni istashini tan olgandi.
Mak Allister joriy mavsum barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 90 mln evroni tashkil etadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar