"Real" Keynni nishonga oldi
12 jan 2023 15:50
Yangiliklar
"Real" Keynni nishonga oldi
"Tottenxem" hujumchisi Harri Keyn "Real"ga o'tishi mumkin, deya xabar berdi "Get German Football".
Manbaga ko'ra, Madrid klubi joriy mavsum oxirida futbolchining transferini ko'rib chiqmoqchi.
Avvalroq angliyalik hujumchiga "Manchester Yunayted" va "CHelsi" klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Keynning "shporlar" bilan bitimi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.
29 yoshli hujumchi joriy mavsum "Tottenxem" safida barcha musobaqalarda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 90 million evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar