"Real" futbolchilariga BMW avtomobillari berildi. Eng qimmatini Bellingem tanladi (FOTO)
12 okt 2023 08:18
Yangiliklar
"Real" futbolchilariga BMW avtomobillari berildi. Eng qimmatini Bellingem tanladi (FOTO)
"Real" futbolchilari BMWdan homiylik avtomobillarini olishdi.
Klub va BMW o'tgan yili hamkorlik bo'yicha shartnoma imzolagandilar. Bungacha klubning hamkori Audi hisoblanardi.
Tanlov uchun "Real" azolariga i4, i7 iX va XM modellari taqdim etildi.
Nisbatan arzon model - i4 eDrive35 avtomobilini (57,3 ming) Orelen Tchuameni tanladi.
Eder Militao, Fran Garsiya, Eduardo Kamavinga, Lukas Vaskes, Vinisius Junior va bosh murabbiy Karlo Anchelotti 80 ming evroga yaqin turadigan BMW i4 M50 modelini tanlashdi.
Tibo Kurtua, Kepa Arrisabalaga, Jud Bellingem, Dani Sebalos, Arda Gyuler, Xoselu va Rodrigo eng qimmat model - 180 ming evrodan boshlanadigan BMW XM modelini oldi.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar