"Real" bosh murabbiyi Kepani qaytarmoqchi
05 avg 2024 16:30
Yangiliklar
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti darvozabon Kepa Arrisabalagani jamoaga qaytarmoqchi, deya xabar berdi "Planeta Real Madrid".
Xabar qilinishicha, Anchelotti bu iltimos bilan "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peresga chiqqan. Italiyalik mutaxassis shartnomani uzaytirishga rozi bo'lmasligi mumkin bo'lgan Andrey Lunin jamoani tark etsa, Arrisabalagani qaytarish haqida o'ylamoqda.
Kepa Arrisabalaga 2023/24 yilgi mavsum "Real" libosida 20 ta o'yin o'tkazib, 18 ta gol o'tkazib yuborgan, 9 ta uchrashuvda esa darvozani "quruq" saqladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar