"Real" Benzemaga Braziliyadan o'rinbosar qidirmoqda
24 iyu 2022 21:12
Yangiliklar
"Real" Benzemaga Braziliyadan o'rinbosar qidirmoqda
Madridning "Real" klubi "Botafogo" klubining 18 yoshli hujumchisi Mateus Nasimentoni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Ispaniyaning AS nashri xabariga ko'ra, "Real Madrid" 34 yoshli hujumchi Karim Benzemaga o'rinbosar qidirmoqda. Manbaning aniqlik kiritishicha, agar Mateu chindan ham "Real Madrid"ga o'tsa, u "Real Madrid B" jamoasida o'ynaydi. Ilgari Vinisius Junior va Rodrigo ham shunday sinovdan o'tgandi.
18 yoshli Mateus 2020 yilning kuzida "Botafogo" safida debyut qilgan. Braziliya chempionatining joriy mavsumida futbolchi barcha turnirlarda 18 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar