"Real" Asensioning kelajagi borasida bir qarorga kelmadi
11 fev 2022 15:48
Yangiliklar
"Real" Asensioning kelajagi borasida bir qarorga kelmadi
"Real" hali yarim himoyachi Marko Asensio bilan shartnomani uzaytirish borasida bir qarorga kelmadi.
Jamoa rahbariyati futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmaslikka moyil. Ammo, xavbekning o'yini ularni buni o'ylashga majbur etmoqda.
"Real" hali o'z qarorini aniqlab olmadi. O'yinchining shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Asensio joriy mavsum "Real" tarkibida barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga erishdi.
Fikrlar