So’nggi yangiliklar

20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  2 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  5 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  2 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  1 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  7 18:29"Арсенал" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 18:07"Нефтчи" бош менежери Грузия клуби академиясида бўлди  5 17:47Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 мусобақасида қатнашадиган таркиби маълум  7 17:22Винисиус Жуниор футбол империясини кенгайтирди: "Реал" вингери Бразилиянинг "Атлетик" клубини сотиб олди  1 16:54"Тоттенхэм" футболчиси операция қилинди ва МЮ билан ўйинни ўтказиб юборади  1 16:26​Алонсо "Реал"га қайси футболчиларни олиб келмоқчи?  6 15:52Расман: "Андижон"ни икки мураббий тарк этди  3 15:29Аморим МЮ ходимларининг Европа Лигаси финалига сафари учун пул тўлади  7 15:01Сеск Фабрегас "Комо"да қолади: Клуб "Байер" ва бошқа даъвогарлар таклифини рад этди  1 14:20"Нефтчи" "Оқ-тепа"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, плей-оффга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1

"RB Leypcig" va Bundesliganing ikki klubi SHomurodovga qiziqmoqda. Xo'sh, Eldor qay biriga o'tadi? Yangiliklar

"RB Leypcig" va Bundesliganing ikki klubi SHomurodovga qiziqmoqda. Xo'sh, Eldor qay biriga o'tadi?

Nima deb o'ylaysiz, u Germaniyada o'ynab keta oladimi?

Yaqinda internet tarmog'ida Eldor SHomurodovga nemis klublari qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlar tarqadi. Davogarlar orasida — "RB Leypcig", "Xoffenxaym" va "Frayburg" bor.



Rossiyalik jurnalist Nikolay Egorichev "Championat.asia" sayti uchun maxsus SHomurodov A Seriyadan Bundesligaga o'tishi bilan bog'liq vaziyatni o'rganib chiqdi.


"RB Leypcig"

Yaxshi variant, ammo amalga oshish ehtimoli juda past. Asosiy muammo — "buqalar" koncepciyasida. Yani klub kamdan-kam hollarda 24-25 yoshdan katta o'yinchilar bilan shartnoma imzolaydi, Eldor esa ikki oydan keyin 27 yoshni qarshi oladi.

"RB Leypcig" oxirgi mavsumlarda xarid qilgan o'yinchilarining o'rtacha yoshi:


Mavsum
Futbolchining yoshi
O'rtacha yosh
2021/2022
Andre Silva (25), Yoshko Gvardol (19), Anxelino (24), Ilaysh Moriba (18), Moxamed Simakan (21), Benyamin Xenriks (24), Keyden Klark (18), Brayan Brobbi (19)
21 yosh
2020/2021
Dominik Soboslai (20), Aleksander Sorlot (24), Xi-CHan Xvan (24), Xosep Martines (22), Djastin Klyuyvert (21)
22,2 yosh
2019/2020
Dani Olmo (21), Ademola Lukman (21), Kristofer Nkunku (21), Xannes Volf (20), Luan Kandido (18), Patrik SHik (23)    
20,6 yosh

   

Hattoki, SHomurodov "RB Leypcig"ga o'tdi deb tasavvur qilsak ham, u hujumchilar ro'yxatida yo uchinchi yoki to'rtinchi o'rinda bo'ladi. Ayni damda "buqalar" tarkibida Andre Silva va Yussuf Poulsen bor. SHuningdek, hujum markazida Kristofer Nkunku harakat qilishi mumkin. Mavsum tugashi bilan esa Aleksandr Sorlot ham ijaradan qaytib kelish ehtimoli mavjud.

Agar yuqorida sanab o'tilgan futbolchilardan birortasi jamoadan ketsa, SHomurodov "RB Leypcig"ga o'tishi mumkin. Biroq shu holatda ham Eldor baribir zaxira o'yinchisi bo'ladi.


"Xoffenxaym"

"Xoffenxaym"da ham shunga o'xshash vaziyat. Ayni damda "ko'k-oqlar" safida to'rtta forvard to'p tepadi: Munas Dabbur, Jorjino Rutter, Ila Bebu va Andrey Kramarich.

SHomurodovning "Xoffenxaym"dagi asosiy raqobatchilari Rutter va Kramarich bo'lishi mumkin. Xorvatiyalik yozda 31 yoshga to'ladi, ammo hali yaxshi formada — bu mavsum 30 o'yinda 6ta gol urib, 9ta golli uzatma berdi. Rutter esa endigina faoliyatini boshlamoqda. 19 yoshli francuz joriy mavsum 6ta gol urdi va 5ta assist qayd etdi. To'g'ri, bu jamoadagi futbolchilar "RB Leypcig"dagi kabi mashhur emas, lekin jiddiy raqib bo'la olishadi.



Jamoa ikki forvard sxemasi bo'yicha o'ynashi "Xoffenxaym" varianti foydasiga xizmat qiladi. SHomurodov kuchli hujumchi bilan juftlikda o'zini qulay his qiladi va yordamchi forvard rolida yaxshiroq harakat qiladi. "Roma" Eldorni Temmi Abraxam bilan birga o'ynatib ko'rishga harakat qilgandi, lekin Mourino bu unchalik ham yaxshi natija bermadi deb hisobladi.


"Frayburg"

Yana ham qiziqroq variant. Agar SHomurodov "Frayburg" klubiga ko'chib o'tsa, asosiy tarkib azosiga aylanishi osonroq. Bunga bir nechta sabab bor:

1) Sxema. Mavsumning kattagina qismini "Frayburg" 4-4-2 taktik sxemasida o'tkazmoqda. Eldor unda o'zini yaxshiroq his qiladi;

2) Klub statusi. "Frayburg" — top-klub emas, ammo mana uchinchi mavsumdirki, evrokuboklar yo'llanmasi uchun kurash olib bormoqda. Misol uchun, o'tgan mavsum jamoaga UEFA Konferenciyalar Ligasiga chiqish uchun bor yo'g'i 5 ochko etmadi. Hozir jamoa beshinchi pog'onani band etib turibdi, bunday natija bilan Evropa Ligasiga yo'l olish mumkin. Nazarimizda, hozir psixologik jihatdan Eldor o'zini "Frayburg" singari klubda qulayroq his etadi;

3) Raqobat. Bugungi kunda "Frayburg" tarkibida besh nafar markaziy hujumchi bor, lekin ularning hammasi ham SHomurodov uchun bosh og'riq bo'la olmaydi. Asosiy tarkib uchun Eldorning chinakam raqobatchilari bu — Lukas Xyoler va Ermedin Demirovich. O'tgan mavsum 15ta samarali harakat qayd etgan bosniyalik (10ta gol va 5ta assist), bu mavsum u qadar sermahsullik ko'rsatmayapti (2+3).



Bu uch variantdan aynan "Frayburg" SHomurodov uchun nisbatan optimal tanlov bo'ladi. Biroq shu o'rinda chempionat o'zgarishi omilini ham esdan chiqarmaslik zarur: A Seriya va Bundesliga o'rtasida katta farq bor. Nemis futboli ko'proq kuch va intensivlik talab qiladi. SHu sababli SHomurodovning Germaniyaning istalgan klubiga o'tishi malum darajada tavakkalchilikni talab qiladi. Hozirgi vaziyatda Eldor uchun baribir Italiya varianti ustunroqdek.


Nikolay Egorichev "Championat.asia" uchun maxsus

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика