So’nggi yangiliklar

10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  1 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  5 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  3 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  7 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  5 02:05ЕЧЛ. "Бавария" Мюнхенда "Челси"ни мағлубиятга учратди  35 02:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" охирги дақиқалардаги гол эвазига камбэк қилаёзган "Атлетико"ни таслим этди. ПСЖ ва "Интер" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди  30 00:53"Реал"нинг Хёйсенни четлатилиши бўйича берган апелляцияси рад этилди  1 00:30ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" 0:0  12 23:54ОЧЛ 2. Эроннинг "Истиқлол" клуби "Ал Васл"га ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Ўзбек футболчилари қайдномада йўқ эди  3

"RB Leypcig" - "Atletiko". Saytimiz xodimlari uchrashuv natijasini taxmin qilishdi Yangiliklar

"RB Leypcig" - "Atletiko". Saytimiz xodimlari uchrashuv natijasini taxmin qilishdi

Xabaringiz bor, bugun CHempionlar Ligasi joriy mavsumining navbatdagi yarim finalchisi aniqlanadi.

"RB Leypcig" — "Atletiko" bahsi natijasini saytimiz xodimlari taxmin qilib ko'rishdi.

Narzulla Saydullaev (championat.asia saytining bosh muharriri) - "Atletiko" restartdan so'ng umuman yutkazmadi. 7ta g'alaba va 4ta durang. "Leypcig"ni esa asosiy hujumchi Timo Verner tark etdi. Taxminim bugun ham Diego Simeone shogirdlari mag'lub bo'lishmaydi va yarim finalga yo'l olishadi - 1:0.

Abdulaziz Iskandarov (saytimizning intervyular bilan shug'ullanadigan xodimi) - Bugun ikki teng kuchli jamoalarning o'yini bo'ladi. "Atletiko"ning muvaffaqiyatlarida bosh omil Simeonedir. Yulian Nagelsman boshchiligidagi "Leypcig"dan har qanday natija kutish mumkin. SHubhasiz, murabbiylar to'qnashuvi bo'ladi. Tajribali Simeonega qarshi, yosh va shijoatli Nagelsman. Gohida yosh mutaxassislar tajribali murabbiylarga ega jamoalarni bir necha marotaba yutganiga guvoh bo'lganmiz. "Kichkina demang bizni, ko'tarib uramiz sizni" deganlaridek bu o'yinda Nagelsman ustozligidagi "Leypcig" 3:0 hisobida g'alaba qozonadi. Vernerning jamoani tark etishi "Leypcig"ga ko'p ham tasir qilmasa kerak. Nagelsman uning o'rniga munosib bo'lgan futbolchini tushirish orqali kutilmagan syurpiriz hozirlasa ajablanmayman. 

Alisher Ostonov ("Atletiko" CHempionlar Ligasini yutishini orziqib kutyapti) - "Atletiko" bugungi o'yinda katta qiyinchiliklarsiz nemis klubidan o'tadi deb o'ylayman. To'g'ri, bugungi o'yinda asosiy tarkib futbolchisi Anxel Korrea yordam bera olmaydi va Tomas Partining ham bahsni boshlang'ich tarkibda boshlashi so'roq ostida. Ammo, Madrid jamoasining bugungi kundagi zaxira imkoniyatlari ajoyib. To'g'ri, "Leypcig" ham osonlikcha "jon bermaydi", ammo bugun Simeone jamoasi klass etibori bilan raqibni yutadi deb o'ylayapman. Nagelsmann jamoasi bitta futbolchining o'yiniga qarab qolmagan, biroq Vernerdek to'purarning yo'qligi baribir bilinsa kerak. Yana bir fakt! "Atletiko" CHL pley-off bosqichida ketma-ket 8 marta nemis jamoalarini mag'lub etgan.

Alisher Xolmatov (saytimizning marketologi, legionerlarimiz uchun har daqiqa jon kuydiradigan inson) - Ikki teng kuchli va darajasi ham teng jamoalar o'zaro to'qnashadi. Jamoalar bu o'yinga bir qator yo'qotishlar bilan etib kelgan. "Leypcig"ning asosiy hujumchisi Timo Verner jamoani tark etgan bo'lsa, "Atletiko"ning ikki muhim futbolchisi Anxel Korrea, SHime Vrsalko koronavirusni yuqtirib olgani sababli jamoaga yordam bera olmaydi. Teng o'yin bo'ladi, "Atletiko" himoyadan harakat qiladi, "Leypcig" esa hujum qiladi. Ular boshqacha o'ynashni bilishmaydi. Hisobni Diego Simeone shogirdlari ochishlari mumkin, lekin "Leypcig" jismoniy jihatdan ustunligi tufayli 2:1 hisobida yutadi.

SHerzod Nurmatov ("Futbol retro talqinda" rukni muallifi) - Ajoyib o'yin ko'ramiz, lekin katta hisob kuzatilmasa kerak. "Leypcig"dan "CHelsi"ga ko'chib o'tgan Timo Verner bugun nemislarga etishmasligi aniq va uning o'rni bilinadi. "Atletiko" osonlikcha g'alabaga erishmaydi, biroq tajriba o'z so'zini aytadi va Diego Simeone shogirldari yarim finalga yo'l oladilar - 2:1.

Faxriddin Ro'ziev (saytimizning buxorolik xodimi) - teskari uslubdagi ikki jamoa to'qnashadi. Menimcha, "Atletiko" va "Leypcig" o'rtasida faqat bitta o'xshashlik bor - temir intizom. Verner nemislar uchun katta nom, uning o'rni bilinishi tabiiy. "Matraschilar" esa bilishadiki, kubokka bir qadam qolganda oyoqqa tepadigan "Real" ECHLni tark etgan. Musobaqani yutish uchun bundan ham qulayroq vaziyat bo'lishi mumkinmi? O'ylashimcha, bugun ispanlar 3:1 hisobida g'alaba qozonishadi.

Zoir Tursunboev (saytimiz operatori) - "Atletiko" o'z uslubiga ega bo'lgan kuchli jamoalardan biri, bugungi o'yinda ham madridliklar o'z uslubidan voz kechmagan xolda himoyaviy o'yin ko'rsatsa kerak. Menimcha bugun "Atletiko Madrid" ning men tanigan yagona muxlisi Alisher Ostonovning uyida bayram bo'ladi. Taxminim 0-2 "Atletiko Madrid" g'alaba qozonadi.

Qadrli muxlis, siz bugungi bahsdan qanday natija kutyapsiz? Taxminlaringizni yozib qoldiring.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика