So’nggi yangiliklar

00:33Шацких: "Ҳужумда эса бизга охирги узатма ёки зарба етишмади"  2 00:05Роналду 30 ёшга тўлганидан бери 450та гол урди  2 23:37Шавкат Мирзиёев - Ўзбекистон Миллий Олимпия қўмитасининг раиси  7 23:20"Ал Аҳли" муддатидан аввал кейинги босқичда, Роналдунинг голлари "Ал Насср"га 3 очко тақдим этди  16 22:54Элит ОЧЛ. "Истиқлол" ва "Пахтакор" ўртасидаги зерикарли ўйинда ҳисоб очилмади  41 22:30Ансу Фати Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  1 22:20"Барселона"нинг XXI асрдаги энг яхши футболчилари  13 21:25Британия топ-клублари Шотландия ёшлар терма жамоаси сардорини кузатишмоқда  0 20:45"Эвертон" собиқ футболчисига ҳайдовчи бўлиб ишлаш таклиф қилинди  1 19:45Элит ОЧЛ. "Истиқлол" – "Пахтакор". Таркиблар эълон қилинди. Машарипов бошланғич таркибдами?  18 19:20"Sky Sports"нинг Рубен Аморим билан жонли эфирда уюштираётган суҳбатини бузиб қўйган Эд Ширан кечирим сўради  0 18:55"Нефтчи" – "Насаф" баҳсида қаршиликлар футболчисини четлатиш учун асос бўлмаган — Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  8 18:24"Астон Вилла" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 17:58"Реал" "Ливерпул"га қарши ўйин олдидан жиддий йўқотишга учради  21 17:31Салоҳ: "Деярли декабрь бўлди ва мен клубда қолиш учун бирорта ҳам таклиф олмадим"  4

Raymondan Edengacha: “Real”ning "ettinchi raqamli"lari Yangiliklar

Raymondan Edengacha: “Real”ning "ettinchi raqamli"lari

Teglar :  Real
Demak, etiboringizga ettinchi raqam ostida o'ynagan "Real Madrid"ning eng yaxshi o'yinchilarini keltirib o'tishga harakat qilamiz.

91 yil oldin futbolchilar libosida paydo bo'lgan raqamlar muxlislar ongiga mahkam o'rnashib olgan. Ko'pgina muxlislar uchun ularning sevimli futbolchisi tanlagan raqam juda muhim sanaladi. 

Futbolchilarning o'zlari ham libosining orqa tarafida yozilgan raqamga katta ahamiyat berishadi va bu raqamlarning bazilari butun klublar uchun ham tarixiy holga aylanishi mumkin. Masalan, "Inter" Jachinto Fakketti va Xaver Zanettiga berilgan 3 va 4 raqamlarini ularning xotirasi uchun muomiladan olib tashlagan, "Napoli" Diego Maradonani shu tarzda sharafladi (10 raqami), "CHelsi" Janfranko Zolaning 25-raqamini tarixga "muxrladi".  

"Real" uchun 7 raqami o'zgacha “sehr”ga ega. Sababi, bu raqam egalari so'nggi oltmish yil ichida "Qirollik klubi" hujumkor kuchining timsoliga aylandi. Yaqinda afsonaviy yulduzli raqam yangi kelgan Eden Azarga berildi.

Raymon Kopa (1956-1959)

"Kichkina Napoleon" 1931 yilda polshalik muhojirlarning oilasida tug'ilgan (otasining familiyasi Kopachevskiy edi) va ko'mir shaxtalarida mashaqqatli ishlarni qilib, 15 yoshida barmog'idan ayrilgan bolakay, barchasidan bezor bo'lib, futbol o'ynashga kirishdi. Raymon o'zining professional faoliyatini "Anje"da boshladi, keyin "Reyms" klubiga o'tdi, jamoa bilan ikki marta Franciya chempionligini qo'lga kiritdi va Evropa chempionlar kubogi finaliga qadar etib borib, "Real" bilan to'qnash keldi.

 

Ushbu o'yindan bir necha kun oldin "qaymoqranglilar" prezidenti Santyago Bernabeu hujumkor yarim himoyachining ajoyib istedodiga ishonib, uni "Real" ga o'tishga ko'ndirdi. "Qirollik klubi" franciyalik futbolchini 1956 yil 4 oktyabrda "Sosho" bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushirishga qaror qildi. O'yinni Di Stefano bilan birga boshlagan Kopa, go'yo yillar davomida yangi sherigi bilan birga to'p tepgandek o'yin ko'rsatdi.  Argentinalik to'rtta, franciyalik uchta gol urgan holda o'z jamoalari hujum chizig'i peshqadamlariga aylandilar. Mehmonlar 14:1 hisobida mag'lub etildi. Uchrashuv do'stona bo'lishiga qaramay, Franciya futbol associaciyasi bu natijani millat uchun sharmandalik sifatida qabul qildi va "Sosho"ga bir yil davomida mamlakat tashqarisida o'ynashni taqiqladi.

Raymon Kopa "Real"da o'ng qanot vingeri sifatida o'ynadi. Jamoada o'zining ajoyib driblingi, aql bovar qilmaydigan qobiliyati va ajoyib uzatmalari bilan mashhur bo'ldi. Kopa "qaymoqranglilar" tarixidagi eng yaxshi assistentlardan biriga aylandi.

Uch yil davomida futbolchi 101 ta o'yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi, oltita kubokni qo'lga kiritdi va  ketma-ket to'rt yil davomida Evropaning eng kuchli uchta o'yinchisi qatoriga kirdi va "Oltin to'p" sohibiga bo'lgan birinchi francuzga aylandi (1958-yil). U hozirgacha futbol tarixidagi eng kuchli hujumkor yarim himoyachilardan biri hisoblanadi.

Amansio Amaro (1962-1976)

Kopa "Reyms"ga qaytib ketgach, "Real" futbolkasida ettinchi raqamga ega bo'lgan taniqli futbolchi "Deportivo"dan ko'chib o'tgan Amansio Amaro bo'ldi. Uning davrida "Qirollik klubi"dagi "etti" sehrli raqam maqomini abadiy taminladi.

Raymon singari Amaro ham o'ngda o'ynagan va past bo'yli bo'lgan(165 sm). Driblingning haqiqiy ustasi sifatida "El Bruxo" (sehrgar) laqabiga ega bo'ldi. "Deportivo"dagi to'rt mavsum davomida Amansio 108 o'yinda 69 ta gol urdi, shundan so'ng Don Santyago Bernabeu shaxsan La-Korunyaga borib, iqtidorli vingerni "Real"ga o'tishga ishontirdi. Futbolchi katta mablag' evaziga "Qirollik klubi"ga ko'chib o'tdi va tezda Migel Munos boshqargan jamoaning asosiy o'yinchisiga aylandi. 60-yillarda Ispaniya futbolida ustunlik qilgan bu tarkibga "Ye-Ye" laqabini berishgan.

1966 yil 11 mayda "Partizan"ga qarshi Evropa chempionlar kubogi finalida Amaro hisobni tenglashtirdi va  jamoasiga o'z tarixidagi oltinchi kubokni olishga yordam berdi. "Real"da o'tkazgan 14 mavsumi davomida futbolchi to'qqiz marta Ispaniya chempioni bo'lgan va 471 o'yinda deyarli 150ta gol urib, uch marotaba Qirol kubogini yutgan.

Bundan tashqari, Amansio hisobida milliy terma jamoada qo'lga kiritgan Evropa chempioni unvoni va ikkita Pichichi kubogi bor. Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Amaro "Kastilya"ga murabbiylik qildi va 1984 yilda Segundada chempionlikka erishdi.

Xuanito (1977-1987)

Xuan Gomes Gonsales, "Real" tarixidagi muxlislarning eng sevimli o'yinchilaridan biri, "Qirollik klubi"ga "Burgos"dan kelgan. Hujumchi yuqori tezlikka ega bo'lib, jamoaviy o'yin mahorati bilan ham ajralib turardi, shuning uchun u tez fursatda jamoa sardoriga aylandi va hanuzgacha "qaymoqranglilar" safida o'ynagan sardorlar orasida eng etakchi o'yinchilardan biri hisoblanadi.

Xuanito  Santilyana, Uli SHtilike, Visente del Boske va Xose Antonio Kamacho bilan o'ynadi, birinchi mavsumida La Ligada 10 ta gol urdi va Ispaniya chempioni bo'ldi. "Qirollik klubi" bu muvaffaqiyatini keyingi ikki mavsumda takrorladi va 1980 yilda Qirol kubogining mashhur finalida Xuanito "Real"ning zaxira jamoasi - "Kastilya"ga qarshi o'yinda ikkita gol urdi. O'yin shafqatsizlarcha kechib, 6:1 hisobida yakunlandi.

Hujumchi "Real"ning haqiqiy ramziga aylandi,  u nafaqat mahorati evaziga, balki klubga bo'lgan cheksiz muhabbati tufayli muxlislar qalbini zabt etdi. U tezkor, o'zini butunlay maydondagi jangga bag'ishlaydigan va jamoasini hamma narsadan ustun qo'yadigan o'yinchi edi.  1983/84 yilgi mavsumda Xuanito Pichichi unvonini qo'lga kiritdi va "qaymoqranglilar" uchun 401 o'yinda jami 121 ta gol urdi. Hujumchi besh marta Ispaniya chempioni, shuningdek, ikkita Qirol kubogi va UEFA kubogini yutgan. U kiyinish xonasida va maydonda haqiqiy etakchi edi, shuningdek, o'z jamoadoshlarini qanday qilib katta muvaffaqiyatlarga tayyorlashni bilardi.

Hujumchi ko'pincha turli muammolarga duch keldi. O'yinlardan birida maysazorda yotgan Lotar Matteusning yuziga qadam qo'ygandan keyin besh yil muddatga UEFA shafeligida o'tkaziladigan musobaqalardan chetlatildi.  Faoliyatini yakunlagan Xuanito Segundadagi "Merida" jamoasini boshqardi, uning "Real Madrid"ni boshqarish orzusi esa ushalmay qoldi.

1992 yil 2 aprelda "qaymoqranglilar"ni stadiondan qo'llab-quvvatlash uchun kelgan Xuanito "Real Madrid" va "Torino" o'rtasidagi bahsdan keyin Madriddan Meridaga qaytayotganida avtohalokatga uchradi va vafot etdi. U atigi 37 yoshda edi.

Hozirga qadar, har bir uy uchrashuvining ettinchi daqiqasida, Madrid klubining muxlislari "Real" tarixidagi asosiy afsonalardan birini sharaflab,"Illya, illya, illya, Xuanito maravillya", - deya kuylashadi.

Emilio Butrageno (1984-1995)

"El Butre" (yirtqich) "Qirollik klubi"ning dastlabki tarbiyalanuvchilaridan biri bo'lib, Madridning afsonaviy "ettinchi raqamli"lari ro'yxatiga kirgan. Hujumchi ko'p marta "Real Madrid" akademiyasiga kirishga uringan va hammasida muvaffaqiyatsizliklarga uchragan, u "Atletiko"ga ketishga qaror qilgan bir paytda otasi unga qarshi chiqdi, o'g'liga so'nggi marta urinib ko'rishni buyurdi, "Ota rozi - Xudo rozi" deganlaridek, bu muvaffaqiyatli bo'ldi. Uch yildan so'ng, 1984 yilning fevralida Butrageno "Kadis"ga qarshi o'yinda birinchi jamoada debyutini o'tkazdi. O'sha paytdagi "Real" bosh murabbiyi Alfredo Di Stefano yosh hujumchini jamoasi 0:2 hisobida yutqazayotganida maydonga tushirdi - Emilio dublga erishib, golli uzatmasi bilan ham yordam berdi, shundan so'ng "qaymoqranglilar" 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

Hujumchi o'yin uslubi sababli "yirtqich" degan nomni oldi: futbolchi raqib jarima maydoni ichiga yorib kirish, darvozaga zarba berish yoki jamoadoshlarini to'p bilan taminlashni yaxshi ko'rardi. Emilio "qaymoqranglilar" tarixida o'zidan kutilganini oqlay olgan, samarali hujumchilardan biri bo'lib qolmoqda, u nafaqat ko'plab gollar urdi (463 o'yinda 171 ta gol), balki hujumdagi doimiy sherigi Ugo Sanchesga ham golli paslar berib bordi. Ular Evropa futboli tarixidagi eng yaxshi hujumkor duetdir.

Emilio faoliyati davomida biror marta qizil kartochka olmagan jentlmen. Butrageno 1995 yilda "Real"ni tark etib, Meksikaga ketgan edi. Butsalarini mixga ilgach, Madridga qaytib keldi. Klubda ko'p yillardan buyon jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi direktori sifatida ishlab kelmoqda.

Raul (1994-2010)

Ko'p yillar davomida "Qirollik klubi"ning timsoli hisoblangan hujumchi, bir necha oy davomida to'rtta yoshlar jamoalari zinalaridan "Real" sari ko'tarilib kelgan ("Xuvenil B" dan "Kastilya"gacha) va 17 yosh 124 kunligida "Real" safida debyutini o'tkazgan. Birinchi mavsumida Raul 9 ta gol urgan va Ispaniya chempioniga aylangan.

Keyingi to'qqiz mavsum davomida hujumchi 225ta gol urdi (mavsumda o'rtacha 25 ta gol), shu vaqt ichida 12ta kubok, shu jumladan, uch bor CHempionlar Ligasini yutdi. Hujumchi 2003 yildan 2010 yilgacha jamoa sardori edi. Raul 44ta gol urgan holda to'purarlikda Ispaniya termasi etakchiligini qo'lga olgan (keyinchalik, David Vilya bu natijadan oshib ketgan) bo'lib, hujumchi "El Kapitan" va “Madrid qiroli” laqablarini olgan.

Raul bir nechta rekordlarni o'rnatib, shu qatorda "Real" tarixidagi eng ko'p gol urgan futbolchiga aylandi (Ronaldu keyinchalik uni quvib o'tdi). U hanuzgacha La Liga tarixidagi 228 ta goli orqali to'purarlar ro'yxatining eng yaxshi besh o'yinchisidan biri hisoblanadi va o'z avlodining eng qobiliyatli hujumchisi nafaqat gol urardi, balki butun jamoa uchun maydonda tinimsiz harakat qilardi. Faoliyatining oxiriga kelib, futbolchi hujumkor yarim himoyachi sifatida qayta ochilib, ajoyib assistentga aylandi. Bundan tashqari, Butrageno singari, Raul ham faoliyati davomida hech qachon maydondan chetlatilmagan.

Madridning "Real" klubidan ketgach, hujumchi "SHalke", "Al Sadd" va "Nyu-York Kosmos"da o'ynadi. Ammo "Qirollik klubi"ning haqiqiy afsonalari har doim Madridga qaytishadi va "El Kapitan" ham bundan mustasno emas, u bu yozda "Kastilya"ni boshqaradi.

Krishtianu Ronaldu (2009-2018)

Portugaliyalik hujumchining "Real"da boshdan kechirganlarini aytib berish, ehtimol shart emas. Sababi, buni ko'p marta ko'p erda o'qigansiz. Alohida maqola qilish shart emas deb o'ylaymiz. Buning o'rniga biz faqat bir nechta raqamlarni taqdim etamiz.

4ta CHempionlar ligasi, 2ta La Liga, 2ta Qirol kubogi, 3ta klublararo jahon chempionati g'olibligi, 3ta UEFA Superkubogi va Ispaniyada 2ta Superkubok (jami 16 ta kubok). 438 ta o'yinda 451 ta gol (har bir o'yin uchun 1,03 ta gol), shu jumladan, CHempionlar Ligasida 105ta gol. Ronaldu 34ta to'pni jarima zarbalari orqali urgan,  har 70-golni esa bosh bilan. "Sevilya" (27 bor ishg'ol etilgan), "Xetafe" (23) va "Atletiko" (22) portugaliyalikdan eng ko'p zarar ko'rgan.

"Qirollik klubi" tarkibida Krishtianu uchta "Oltin butsa", to'rtta "Oltin to'p" va uch marta "Pichichi" kubogini qo'lga kiritdi va 6 marotaba CHempionlar Ligasining eng yaxshi to'purari bo'ldi, bir mavsumda urilgan gollar soni bo'yicha musobaqa rekordini o'rnatdi (17).

Bir yil oldin Ronaldu yangi chaqiruvni qabul qildi va Italiyaning "Yuventus" klubiga o'tib, ettinchi raqamni bo'sh qoldirdi. Bu orqali u "Real" muxlislarining "Qirollik klubi" tarixida asosiy o'yinchi kim, degan bahslashuvini avj oldirdi: Di Stefano? Ronalduning o'zi? Raul? Yoki Pushkashmi?

Azar (2019-....)

Bu yozda Belgiyaning eng yaxshi o'yinchilaridan biri, afsonaviy "ettinchi"ning yangi egasi bo'lgan Eden Azar jamoaga kelib qo'shildi.  Uning "Qirollik klubi"dagi faoliyati Raymon Kopa singari qisqa, ammo juda yorqin bo'lishi yoki  Amansio kabi uzoq muddatli, muvaffaqiyatli faoliyatga aylanishi kutilmoqda.

 

Umuman olganda  biz haqiqatan ham "Real"ning afsonaviy "ettinchi raqam" egalari ro'yxatiga yana bitta nom qo'shilishini chin dildan istaymiz.

SHerzod Nurmatov tayyorladi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика