So’nggi yangiliklar

18:15"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани узайтиришга рози  0 17:39Омар Мармуш: "Бу борада Ҳусанов жамоада энг зўри"  4 17:00Суперлига. "Андижон" - "Бухоро" 1:1 (матнли трансляция)  11 16:54"Ҳужумда сенга эркинлик беришим учун яхшироқ ҳимояланишинг керак"  0 16:25Лутфуллин бошчилигидаги ҳакамлар бригадаси U-17 Жаҳон чемпионати илк турида ишлайди  0 16:03МОҚ раҳбарияти ОФК президенти билан кўришди  0 15:40Ана холос! Boxing Day'да фақат битта ўйин бўлади  0 15:15Рубен Аморим: "МЮ "Ливерпуль"дан тепада бўладими, менга фарқи йўқ"  2 14:50Терри "Тоттенхэм" собиқ футболчисининг "Челси" ҳақидаги гапига жавоб қайтарди  2 14:33Мбаппе "Реал" ва ПСЖни солиштирди  10 14:10Қашқадарё футбол академияси фойдаланишга топширилди  3 13:50Ислом бирдамлик ўйинларида футзал тақвими тасдиқланди  0 13:29Ўзбекистон Жаҳон чемпионатига тайёр (Кичик мундиал ҳақида билишимиз керак бўлган маълумотлар)  3 12:24"Барселона" "Челси" ва "Милан" билан Лига 1 даги ҳужумчи учун баҳслашади  2 11:4834 ёшли Рэмзи "Пумас" билан шартномани бекор қилди. У июль ойида Мексика клубига ўтган эди  1

O'zbekiston Jahon chempionatiga tayyor (Kichik mundial haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar) Yangiliklar

O'zbekiston Jahon chempionatiga tayyor (Kichik mundial haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar)

Shu yilning 3 noyabr kuni Qatarda navbatdagi U-17 Jahon chempionati start oladi hamda 27 noyabrgacha davom etadi.

Ushbu musobaqada Islom Ismoilov boshqaruvidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi ishtirok etadi. Quyida U-17 Jahon chempionati bilan bog'liq malumotlarni keltirib o'tamiz.

Musobaqa tarixi

Bu hisob bo'yicha 20-o'smirlar Jahon chempionati hisoblanadi. Avvallari har ikki yilda bir marta o'tkazib kelinardi. Bu yildan boshlab esa har yil o'tkaziladigan bo'ldi va dastlabki 5ta mezbonlik Qatarga topshirildi. Shunday qilib U-17 Jahon chempionati 2025-2029 yillar oralig'ida faqat Qatarda bo'lib o'tadi. Dastlabki turnir 1985 yil Xitoyda o'tkazilgan bo'lib, Nigeriya o'smirlar terma jamoasi chempionlikni qo'lga kiritgandi. Quyida barcha mezbon mamlakatlar va chempionlarni keltirib o'tamiz.


1985. Mezbon - Qatar. Chempion - Nigeriya

1987. Mezbon - Kanada. Chempion - Sobiq Ittifoq

1989. Mezbon - Shotlandiya. Chempion - Saudiya Arabistoni

1991. Mezbon - Italiya. Chempion - Gana

1993. Mezbon - Yaponiya. Chempion - Nigeriya

1995. Mezbon - Ekvador. Chempion - Gana

1997. Mezbon - Misr. Chempion - Braziliya

1999. Mezbon - Yangi Zelandiya. Chempion - Misr

2001. Mezbon - Trinidad va Tobago. Chempion - Franciya

2003. Mezbon - Finlyandiya. Chempion - Braziliya

2005. Mezbon - Peru. Chempion - Meksika

2007. Mezbon - Janubiy Koreya. Chempion - Nigeriya

2009. Mezbon - Nigeriya. Chempion - Shveycariya

2011. Mezbon - Meksika. Chempion - Meksika 

2013. Mezbon - BAA. Chempion - Nigeriya

2015. Mezbon - Chili. Chempion - Nigeriya

2017. Mezbon - Hindiston. Chempion - Angliya 

2019. Mezbon - Braziliya. Chempion - Braziliya

2023. Mezbon - Indoneziya. Chempion - Germaniya

2025. Mezbon - Qatar. Chempion - ???

2026. Mezbon - Qatar. Chempion - ???

2027. Mezbon - Qatar. Chempion - ???

2028. Mezbon - Qatar. Chempion - ???

2029. Mezbon - Qatar. Chempion - ???


Rekordlar

Eng ko'p chempionlikni shu paytgacha Nigeriya o'smirlar terma jamoasi qo'lga kiritgan - 5 marta. Braziliya hisobida to'rtta chempionlik bor. Gana va Meksika 2 martadan kubokni qo'lga kiritgan bo'lsa, Germaniya, Franciya, Sobiq Ittifoq, Saudiya Arabistoni va Angliya bir martadan chempion bo'lishgan.


Bu yilgi mezbonlik haqida

Aytib o'tganimizdek, navbatdagi beshta musobaqaga Qatar mezbonlik qiladi. Bu yilgi turnir Al Rayan shahrida joylashgan Aspire Zone sport majmuasi maydonlarida bo'lib o'tadi. Bu er Doha markazidan 9 km. uzoqlikda joylashgan. Musobaqaning hal qiluvchi final o'yini Khalifa International Stadium o'yingohida 27 noyabr kuni bo'lib o'tadi. Stadion sig'imi: 45,857.

Format o'zgardi

U-17 Jahon chempionati shu paytgacha 24ta terma jamoa ishtirokida o'tkazib kelinayotgandi, biroq FIFA prezidenti Janni Infantino taklifi bilan ishtirokchilar soni ortib 48taga etkazildi. 48ta jamoa to'rttadan 12 guruhga bo'lingan bo'lib, har bir guruhdan 1-2-o'rinlarni egallagan jamoalar bilan birgalikda eng yaxshi uchinchi o'rin egalaridan yana 8tasi pley-offga yo'l oladi.


Pley-off o'tkazish tartibi

Bu o'rinda FIFA yana bir yangilikka qo'l urdi deyish mumkin. Gap shundaki, 12ta guruh g'oliblari umumiy jadvalga olinadi va birinchi o'rinlar jadvali tuziladi. O'z guruhlarida ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar uchun ham alohida jadval shakllanadi. Shuningdek, 8ta eng yaxshi 3-o'rin egalariga ham alohida jadval bo'ladi. Natijada musobaqaning 1/16 finali quyidagicha formatda o'tkaziladi.


Guruh g'olibi #1 - Uchinchi o'rin #8

Ikkinchi o'rin #4 - Ikkinchi o'rin #5

Guruh g'olibi #8 - Uchinchi o'rin #1

Guruh g'olibi #9 - Ikkinchi o'rin #12

Guruh g'olibi #4 - Uchinchi o'rin #5

Ikkinchi o'rin #1 - Ikkinchi o'rin #8

Guruh g'olibi #5 - Uchinchi o'rin #4

Guruh g'olibi #12 - Ikkinchi o'rin #9

Guruh g'olibi #2 - Uchinchi o'rin #7

Ikkinchi o'rin #3 - Ikkinchi o'rin #6

Guruh g'olibi #7 - Uchinchi o'rin #2

Guruh g'olibi #10 - Ikkinchi o'rin #11

Guruh g'olibi #3 - Uchinchi o'rin #6

Ikkinchi o'rin #2 - Ikkinchi o'rin #7

Guruh g'olibi #6 - Uchinchi o'rin #3

Guruh g'olibi #11 - Ikkinchi o'rin #10


Guruhlar va jamoalar

Ushbu U-17 Jahon chempionatida 48ta o'smirlar terma jamoasi ishtirok etadi. Jamoalar to'rttadan 12 guruhga bo'lingan. Qizig'i shundaki, tarixda birinchi marta Osiyodan 9ta jamoa qatnashadi. Bular - Qatar (mezbon), Indoneziya, Yaponiya, Shimoliy Koreya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, BAA va O'zbekiston.


A guruhi: Qatar, Italiya, JAR, Boliviya.

B guruhi: Yaponiya, Marokash, Yangi Kaledoniya, Portugaliya.

C guruhi: Senegal, Xorvatiya, Kosta Rika, BAA.

D guruhi: Argentina, Belgiya, Tunis, Fiji.

E guruhi: Angliya, Venesuela, Gaiti, Misr.

F guruhi: Meksika, Janubiy Koreya, Kot-D'Ivuar, Shveycariya. 

G guruhi: Germaniya, Kolumbiya, Shimoliy Koreya, El Salvador.

H guruhi: Braziliya, Gonduras, Indoneziya, Zambiya. 

I guruhi: AQSH, Burkina Faso, Tojikiston, Chexiya.

J guruhi: Paragvay, O'zbekiston, Panama, Irlandiya.

K guruhi: Franciya, Chili, Kanada, Uganda.

L guruhi: Mali, Yangi Zelandiya, Avstriya, Saudiya Arabistoni.

"Oltin to'p" sohiblari

Har bir musobaqa yakunida eng yaxshi futbolchiga "Oltin to'p" sovrini topshirib kelinadi.


1985. Villiam (Braziliya)

1987. Filip Osondu (Nigeriya)

1989. Jeyms Uill (Shotlandiya)

1991. Nii Lamptey (Gana)

1993. Daniel Oddo (Gana)

1995. Muhammad El Katiri (Ummon)

1997. Serxio Santamaria (Ispaniya)

1999. Lendon Donovan (AQSH)

2001. Floran Sinama Ponol (Franciya)

2003. Sesk Fabregas (Ispaniya)

2005. Anderson (Braziliya)

2007 Toni Kroos (Germaniya)

2009. Sani Emmanuel (Nigeriya)

2011. Xulio Gomes (Meksika)

2013. Kalechi Ixenacho (Nigeriya)

2015. Kalechi Nvakali (Nigeriya)

2017. Fil Foden (Angliya)

2019. Gabriel Veron (Braziliya)

2023 Paris Brunner (Germaniya)


U-17 Jahon chempionatlarida O'zbekiston ishtiroki

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi shu paytgacha U-17 Jahon chempionatida uch marta ishtirok etgan bo'lib, birinchisi 2011 yilga to'g'ri keladi. O'sha yil Meksika yashil maydonlarida o'tkazilgan kichik mundialda futbolchilarimiz guruh o'yinlarini Yangi Zelandiya, AQSH va Chexiyaga o'tkazib 6 ochko to'plab birinchi o'rin bilan chiqishgandi.

O'zbekiston - Yangi Zelandiya 1:4 (Gol: Timur Hakimov)

O'zbekiston - AQSH 2:1 (Gollar: Bobir Davlatov, Abbos Maxsitaliev)

O'zbekiston - Chexiya 2:1 (Gollar: Timur Hakimov, Abbos Maxsitaliev)


Musobaqaning 1/8 finalida Avstraliya yirik hisobda mag'lub etilib, chorak finalda Urugvayga mag'lub bo'lib qaytganimiz hamon ko'pchilikning yodida.

O'zbekiston - Avstraliya 4:0 (Gollar: Abbos Maxsitaliev, Timur Hakimov, Davlatbek Yorbekov, Konnor Chapman (avtogol)

O'zbekiston - Urugvay 0:2


Keyingi ishtirok 2013 yil BAA mezbonlik qilgan U-17 Jahon chempionatiga to'g'ri keladi. Bunda ham guruhdan chiqishni uddalaganmiz, ammo 1/8 finalda mag'lub bo'lib ortga qaytgandik.


O'zbekiston - Panama 2:0 (Gollar: Shohjahon Abbosov, Rustam Ashurmatov)

O'zbekiston - Marokash 0:0

O'zbekiston - Xorvatiya 2:1 (Gollar: Jamshid Boltaboev, Duje Kaleta-Kar (avtogol)

Gonduras - O'zbekiston 1:0


O'smirlar terma jamoamizning kichik mundialdagi uchinchi ishtiroki 2023 yil Indoneziyada o'tkazilgan musobaqada ro'y berib, bunda ham guruhdan chiqishni uddalaganmiz. Keyinchalik 1/8 finaldan ham o'tib, yana chorak finalda ortga qaytganmiz.


Mali - O'zbekiston 3:0

O'zbekiston - Kanada 3:0 (Gollar: Amirbek Saidov 2ta, Richard Chukvu (avtogol)

O'zbekiston - Ispaniya 2:2 (Gollar: Behruz Shukrullaev, Amirbek Saidov)

O'zbekiston - Angliya 2:1 (Gollar: Amirbek Saidov, Lazizbek Mirzaev)

Franciya - O'zbekiston 1:0


Bu yilgi ishtirokdan nima kutamiz?

Bu yil o'smirlar terma jamoamizni yosh mutaxassis Islom Ismoilov musobaqaga olib boradi. Uning qo'l ostida yigitlar Osiyo chempioni bo'lganidan xabaringiz bor. Yaqinda yakuniy ro'yxat elon qilindi. Guruhimiz esa unchalik murakkab emas. Musobaqani 5 noyabr kuni Paragvayga qarshi bahs bilan boshlaymiz. 8 noyabr kuni Irlandiya bilan o'ynaymiz hamda oxirgi turni 11 noyabrda Panamaga qarshi o'tkazamiz. Nasib qilsa, guruhdan chiqib bemalol uzoqroqqa bora olishimizga umid qilsa bo'ladi.

X.Xoliqov

Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
01 noy 16:27:42
She'rxona
+998996488823 foydalanuvchining fikriga javob berish
Ниятни ўзи яхшимасда "Насиб қилса, гуруҳдан чиқиб бемалол узоқроққа бора олишимизга умид қилса бўлади". Нимага Худо хохласа чемпионлар яна чемпион бўлишига ишонамиз дейишмайди
Чунки яхши маънода чемпионлик қони йўқ бизда. Энг юқори натижамиз чорак финал ва биз учун даража бу. Чорак финалга чиқишса, уялмасдан қайтишади. Агар ярим финалга чиқишса келаси булардан кейингилар ҳам камида ўша ярим финал ҳақида ўйлашади. Агар булар чемпион бўлишса унда чемпионлик ҳақида ўйлашади
+1   
01 noy 13:37:23
+998996488823
Ниятни ўзи яхшимасда "Насиб қилса, гуруҳдан чиқиб бемалол узоқроққа бора олишимизга умид қилса бўлади". Нимага Худо хохласа чемпионлар яна чемпион бўлишига ишонамиз дейишмайди
   
01 noy 16:37:33
Sirojiddin2406
БИЗ УЗБЕКИСТОН УСМИРЛАРИМИЗГА ИШОНАМИЗ. ХУДО ХОХЛАСА НАСИБ ЖАХОН ЧЕМПИОНИ БУЛАМИЗ. ОЛГА УЗБЕК УГЛОНЛАРИ
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика