So’nggi yangiliklar

02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  1 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  3 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0 00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  0 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  12 22:57БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" меҳмонда "Ал Айн"ни мағлуб этди, Эркинов захирада қолдирилди  1 22:50Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди, Бразилия чемпион!  1 22:34Бундеслига. "Бавария" 6та тўп киритилган ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  7 22:26АПЛ. "Брайтон" "Тоттенхэм"га қарши ўйинда 0:2ни 3:2га ўзгартирган ҳолда камбэк қайд этди  3 22:03Лига 1. "Ланс" меҳмонда "Страсбур" билан жанговар дуранг ўйнади, Ҳусанов баҳсда доимгидек тўлиқ ҳаракат қилди  8 21:45Футзал бўйича ЖЧ-2024. Бразилия Аргентинани мағлуб этиб, олти карра жаҳон чемпионига айланди  6 21:17Ла Лига. Левандовскининг 25 дақиқа ичида қайд этган хет-триги "Барселона"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  16 21:13Эрон чемпионати. "Фулад" меҳмонда "Тракторсози"ни мағлуб этди, Юсупов тўлиқ ҳаракат қилди  4

Ravshan Haydarov: "Vodiydagi Keniya bilan o'yinlar futbol bayramiga aylanadi deb o'ylayman" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Vodiydagi Keniya bilan o'yinlar futbol bayramiga aylanadi deb o'ylayman"

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov yig'in haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Keniya bilan o'yinga tayyorgarlikni boshladik. Bu yig'indan maqsad ikkita: 18 avgustdan 2 sentyabrga qadar Indoneziya mamlakatida bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik hamda olimpiya yoshidagi futbolchilarni jalb qilib o'rtoqlik uchrashuvlarida o'yinni shakllantirish. Yig'inga chaqirilgan deyarli barcha futbolchilar sog'-salomat qo'l ostimizga kelib qo'shildi. Faqat Doston Ibragimov klubida jarohat olgani uchun bu yig'inni o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Abbos Otaxonov ham kichik jarohati bor ekan, shu bois individual tarzda shug'ullandi. O'ylaymanki, u Keniya bilan o'yinlarda bizga yordam bera oladi", - deydi Haydarov.

- Osiyo o'yinlarida 1995 emas 1993 yildan keyin tug'ilgan futbolchilar ishtirok etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Bu qanchalik rost?

- Yo'q, yo'q. Bu mish-mish. Indoneziyadagi Osiyo o'yinlariga 1995 va undan keyin tug'ilgan o'yinchilar boradi. Tarkibda 3 nafar yoshi katta o'yinchi ham bo'lishi mumkin.

- Demak, 1994 yilda tug'ilgan Azizbek Turg'unboev aynan mana shu yoshi katta futbolchilardan bo'lishi mumkin?

- Ha, mumkin. U o'z klubidagi o'yinlari orqali etiborimizga tushdi. Turg'unboevdan tashqari kengaytirilgan ro'yxatimizda yana yoshi katta futbolchilar bor. Bu jamoamizga qo'shilib keta oladigan o'yinchilarni Osiyo o'yinlariga olib boramiz.




- Dostonbek Hamdamovning holati qanday?

- Yaxshi. O'ziga keldi. Unda mana shu transfer tufayli biroz zo'riqish bo'lganmi bilmayman holati yaxshi emas edi. Barcha masala hal bo'lgach, ishlari to'g'ri bo'lgach o'ziga keldi. "Anji"da bitta o'yin o'tkazishga ham ulgurdi. Ayni paytda uning ruhiy va jismoniy holati yaxshi darajada. Endi undan talab qilinadigani maydonga tushib futbol o'ynash.

- Keniya bilan o'yinlar Andijon va Farg'onada bo'ladi. Bunga munosabatingiz qanday?

- Albatta ijobiy. Vodiyda futbolni qanchalik sevishlarini juda yaxshi bilamiz. Viloyatlarda o'yin o'tkazish tajribamizda bor. Yodingizda bo'lsa 2015 yilda ham Farg'onada Yangi Zelandiya yoshlar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgandik. O'shanda muxlislar terma jamoamizni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlab turishgandi. SHu bois Keniya bilan o'yinlar futbol bayramiga aylanib ketadi deb o'ylayman. Barcha muxlislarni stadionga chorlayman.

- Milliy terma jamoamizda ham bir qancha shogirdlaringiz bor...

- Haqiqatdan ham, milliy jamoaga olimpiya terma jamoasidan 6 nafar futbolchi jalb etildi. Milliy terma jamoamiz yangi murabbiylar shtabi, ko'plab yangi futbolchilar bilan Afrikaga uchib ketdi. Senegal va Marokash jiddiy raqiblar, ular bejizga Jahon chempionatiga chiqishmagan. Biroq terma jamoamizga ishonamiz va ular kuchli raqiblarga qarshi munosib o'yin ko'rsatishlariga tilakdoshmiz.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi


Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика