So’nggi yangiliklar

22:17Рўзиқул Бердиев: "Ҳаммага раҳмат, бошқа гапим йўқ"  23 22:00ЖЧ U-17. Ирландия — Ўзбекистон (Матнли трансляция)  74 21:51Ўзбекистон терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғинига жалб этилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  16 21:43Илёс Зейтуллаев: "Чемпионат охирига келдик, жамоамизда толиқиш бор"  0 21:25Суперлига. "Қўқон-1912" – "Пахтакор" 0:0  0 21:20"Сандерленд" — "Арсенал". Таркиблар маълум  2 21:16"Атлетико" — "Леванте". Таркиблар маълум  1 21:01Вадим Абрамов: "Самарқанддаги мағлубият аламини олдик"  3 20:31Баҳром Ҳайдаров: "Ҳозирги кунда бир очко ҳам биз учун қадрли"  3 20:12Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди  176 20:00АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасидаги ўйинда тўртта гол урилди  20 19:48Камолиддин Тожиев: "Умид ҳеч қачон сўнмайди"  15 19:17Суперлига. "Ризеспор" меҳмонда дуранг ўйнади, Алиқулов захирадан ўйинга қўшилди  0 19:09Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Корея Республикасига қарши иккинчи ўртоқлик баҳсида мағлубиятга учради  3 18:50Суперлига. "Динамо" "Бунёдкор" майдонида ғалабага эришди  23

Ravshan Haydarov: "Bizda asosiy va zaxira tarkib degan tushuncha yo'q" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Bizda asosiy va zaxira tarkib degan tushuncha yo'q"

U-20 Osiyo Kubogi 2-turi doirasidagi Iroq – O'zbekiston (0:1) bahsidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Ravshan Haydarov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida

- O'ylashimcha, bugungi uchrashuv juda shiddatli va asabiy ruhda o'tdi. Futbolchimizning qizil kartochka olishi qolganlarga qiyinchilik tug'dirdi, lekin jamoa bugun yurakdan o'yin natijaga masuliyat bilan yondashgani sababli qiyin g'alabaga erishdik.

- Ikkinchi bo'limning katta qismida Iroq tashabbusga ega chiqdi, himoyada bazi xatolar kuzatildi...

- O'n kishi bo'lib qolgach, taktikani o'zgaritirishga majbur bo'ldik, yani qarshi hujum taktikasiga o'tdik. Iroq yaxshi jamoa, futbolchilari baquvvat. To'g'ri, xatolar yuzaga keldi, sababi bir kishi kam bo'lib odatdagidan ikki baravar kuch sarf qildik. Qolaversa, darvozabonimiz yaxshi o'yin namoyish etdi. Xatolarimiz borligini yashirmayman, lekin ularni to'g'rilashga harakat qilamiz. O'yin davomida qarshi hujumda 2-3 ta xavfli vaziyatni yakuniga etkazishimiz mumkin edi, ammo ulardan foydalana olmadik. CHetlatishdan so'ng ikkinchi bo'limda tanlagan taktikamiz to'g'ri deb o'ylayman. 


- Abdurazzoqov zaxiraga olingach, ochiqchasiga noroziligini bildirdi va to'g'ridan-to'g'ri kiyinish xonasiga yo'l oldi. Jamoada intizom masalasida ish olib boriladimi?

- Yo'q, hech qanday norozilik bo'lmadi. Nodir men bilan qo'l berib ko'rishdi. Ichki muhit borasida alohida ish olib boriladi. Hozirgi tarkibda O'zbekistonning eng kuchli 23 nafar futbolchisi jamlangan. Yuqoridagi masalaga kelsak, bunday holatlar bo'lib turadi. Bizda asosiy tarkib va zaxira degan tushuncha yo'q. Jamoada hamma birday ko'riladi.


- Futbolchilarning hissiyotlarini qanday nazorat qilasiz? Keyingi o'yinlarga futbolchilarni qanday tayyorlaysiz?

- Bugun katta kuch va emociya sarf qilindi. Biz bu borada ham alohida ish olib boramiz. Hatto zaxira o'yinchilari bilan ham alohida ish olib boriladi. CHunki ularga ham imkoniyat beriladi. Endilikda tezroq tiklanib, uchinchi o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz lozim.


- Ikkala o'yinni kuzatib shuni ko'rdikki, futbolchilar ko'proq individual jihatdan foyda keltirishga harakat qilyapti. Bu keyinroq kuchli jamoalar bilan bahsda zararga ishlamaydimi?

- To'g'ri aytyapsiz. Buni futbolchilarga doim tushuntiramiz. Markazda bunday qilish kerak emas. Nostandart va individual harakatlar qiladigan futbolchilarni qo'llab-quvvatlayman, bu ko'pincha gol olib keladi. Kuchli jamoalar bilan o'yinda nafaqat jamoaviy, balki individual harakatlar ham qo'l keladi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика