So’nggi yangiliklar

23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  0 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  1 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  60 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1

Ravshan Haydarov: "Mavsum taraddudi, futbolchilarning o'tishi va legionerlar haqida" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Mavsum taraddudi, futbolchilarning o'tishi va legionerlar haqida"

Samarqandning “Dinamo” klubi joriy mavsumni 8-o'rinda yakunladi.
Endilikda ishqibozlar bu jamoadan yanada yuqori o'rinlarni kutishi tabiiy. Buni yaxshi tushunib turgan bosh murabbiy Ravshan Haydarov eng shimarib ishga kirishgan. Jamoaning dastlabki yig'ini boshlanishi arafasida Ravshan Akmalovichni suhbatga tortdik.

- Ravshan aka, oliy liga jamoalari birin ketin mavsum taraddudini boshlab yuborishmoqda. Siz boshchilik qilayotgan “Dinamo”ning bu boradagi rejalari qanday?

- Bugundan Samarqandda yoshlar o'rtasida kichik yig'in tashkil etdik (suhbat 17 dekabr kuni bo'lib o'tgan – I.R).  22 dekabrga qadar davom etadigan ushbu yig'inda 1994 yil va undan kichik bo'lgan yigitlar ishtirok etmoqda. Bundan ko'zlangan maqsad – viloyatda o'sib kelayotgan iqtidorlilarni saralab olish va ularni kelgusida “Dinamo” yoshlar jamoasiga jalb etishdir. Samarqand viloyatidagi barcha futbol maktablaridagi murabbiylar o'z shogirdlarini olib kelmoqda. Ular bilan kuniga uchrashuvlar va mashg'ulotlar o'tkazilib saralab olish ishlari ketmoqda.

- Bu saralash yig'ini sizning boshchiligingizda o'tkazilmoqdami?
- Albatta. Mendan tashqari yana “Dinamo” murabbiylar shtabida mehnat qilib kelayotgan yordamchilarim ham bor.

- Suhbatimizning asosiy qismiga o'tadigan bo'lsak, “Dinamo”ning asosiy tarkibi qachondan mashg'ulotlarni boshlaydi?
- Biz futbolchilarni 22 dekabr kuni yig'ishni rejalashtirganmiz. Dastlabki yig'in 30 dekabrga qadar Samarqandda bo'lib o'tadi. SHundan so'ng 3 yanvargacha qisqa muddatli tatilga chiqiladi. SHu kundan boshlab esa yana o'z qarorgohimizda to'planamiz. Bu safar 10 kun shug'ullanamiz. Keyin o'yinchilarga ikki kunlik dam berib, so'ngra 15 yanvardan Toshkentda yig'amiz. Fevralda esa PFL Kubogida ishtirok etishni rejalashtirganmiz. Ko'rib turganingizdek chempionat startiga qadar asosan poytaxtda yig'in tashkil etamiz.

- Xorijga chiqish masalasi ham rahbariyat tomonidan ko'rib chiqilganmi?
- Fevral oyiga qadar jiddiy ishlab, asosiy tarkib o'zagini aniqlab olishga harakat qilamiz. Agarda tarkibimiz mukammal ko'rinishga keltirilsa, u xolda chetga chiqib yig'in o'tkazib kelishimiz ham mumkin. Bu masala keyinroq hal bo'ladi. Muhimi chempionatga puxta tayyorgarlik ko'rish.

- Mavsumlar oralig'ida jamoadagi futbolchilarning keldi-ketdisi doimo muxlislar diqqat markazida turadi. SHu bois aytingchi, “Dinamo”da bu borada qanday o'zgarishlar bo'lishi mumkin?
- Rahbariyat bilan maslahatlashgan xolda, bu yilgi tarkibimizni saqlab qoldik. Ayrimlari bilan esa xaylashdik. Bular – Temur Dadashev, To'lqin Mirzaev, Omad Toyloqov hamda Nodir Sanoqulovdir. Albatta safimizga bir qator yangi o'yinchilar ham kelib qo'shiladi. Ko'z ostimizga olib qo'ygan bir qator o'yinchilar bilan hozir muzokara ketmoqda. Lekin nomlarni oshkor etishni keyinroqqa qoldiraman. Yangi futbolchilar jamoamizning ikkinchi yig'iniga kelishadi.

- Darvozabon Aleksandr Melnichukning “Dinamo”da qolishidan xabarimiz bor. Undan tashqari yana xorijlik futbolchilar ham bo'ladimi?
- Ha, Melnichuk bilan mavsum poyoniga etganidan so'ng o'zaro kelishuvga erishgandik. Legionerimiz yurtiga ketishdan oldin, yana Samarqandga qaytib kelishini bildirgandi. Aftidan uning o'ziga ham “Dinamo”da o'ynash yoqib qolgan ko'rinadi. Savolingizning ikkinchi qismiga keladigan bo'lsak, xorijlik futbolchilarni bizga tavsiya qilishmoqda. Balkim ularni Toshkentda o'tadigan yig'ilarimiz chog'ida sinab ko'rarmiz. Lekin bizning asosiy maqsadimiz mahalliy futbolchilarimizga etibor qaratishdir. Agarda xorijlik futbolchi haqiqatdan ham o'zimizning o'yinchilardan kuchli ekanligini isbotlasa albatta jamoaga olamiz.

- Nigeriyalik himoyachi Devid Oniyaning yana “Dinamo”ga qaytishi haqida gap-so'zlar yuribdi. O'zingizga qolsa bu futbolchini jamoangizda ko'rgan bo'larmidingiz?
- Bunday mish-mishlar mavsum oralig'ida ko'p uchraydi. Men sizga aytsam, Oniya bilan na klub rahbariyati na men aloqaga chiqdik. Futbolda nom ko'p ham o'zini oqlamaydi. Avval futbolchini sinovdan o'tkazish kerak bo'ladi.

- Kuchaytirilishi kerak bo'lgan chiziqlar deb qaysi poziciyalarni aytgan bo'lardingiz?
- Istardimki har bir ampluada jiddiy raqobat bo'lishini. Bizni ko'pincha hujum chizig'i tashvishga soladi. Aynan shu chiziqda yuzaga kelgan muammoni bartaraf eta olsak, hammasi yaxshi bo'lib ketadi.

- Yil boshida “Paxtakor”dan ijaraga olingan futbolchilarning keyingi taqdiri qanday kechadi?
- Ildar Mamatkazin, Sanat SHixov, Farruh SHotursunov ishonchimizni oqladi. SHu sababli ham “Paxtakor” bilan muzokara o'tkazib ularni yana jamoada olib qoldik.

- Yana bir shogirdingiz G'ulom O'runovning ham “Dinamo”da ko'rishni istayotganingiz haqida eshitdik?
- O'runov mahoratli futbolchi. Uning imkoniyatlarini juda yaxshi bilaman. G'ulomga taklif bilan chiqqanimizni inkor eta olmayman. Agarda u jamoamizga kelsa, foydali haridlardan biri bo'lishi aniq.


Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика