So’nggi yangiliklar

19:27"Фулхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 18:42"Ал Батаэҳ" — "Хорфаккан". Ғаниев асосий таркибда  0 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 17:13"Самахи" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  7 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  0 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  3 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  8

Ravshan Ermatov rekord ostonasida Yangiliklar

Ravshan Ermatov rekord ostonasida

25 nafar hakamdan 21 nafari JCHda debyutant. Orasida 2010 yil zaxira hakami bo'lib ishtirok etganlari bor, ammo uchrashuv bosh hakami bo'lmaganlar.
Germaniya - AQSH uchrashuvi Ermatovning JCHlardagi faoliyati davomida hakamlik qilgan SAKKIZINCHI o'yini bo'ladi. Bu bilan u Armando Archundiya, Xorxe Larrionda va Joel Kinyu kabi rekordchilar qatoridan joy oladi. Bu hakamlar JCH davomida 8tadan o'yinga tayinlangan.

Ayni paytda JCHda ishlayotgan hakamlardan Ermatovdan tashqari yana uch nafar hakam o'yinlari sonini oshirishi mumkin. Ular orasida Nishimura bitta o'yinda ishladi, keyingi bahslarga tayinlanadimi yoki yo'q hech kim aniq javob bera olmaydi. Braziliya - Xorvatiya o'yiniga 12 kun bo'libdiki, yaponiyalik hakam hali boshqa o'yin olganicha yo'q. Xovard Uebb hisobida ham bitta o'yin. Hozircha Marko Rodrigesning ishlari chakki emas. Ikkita o'yinni boshqarishga ulgurdi. Ammo kecha Suaresni chetlatmagani ko'pchilikka yoqmayapti.

Kamdan kam hollarda FIFA hakamlarga bir turda ikki marta o'yin beradi. Agar Ermatov mazkur bahsni yaxshi o'tkazsa va pley-off bosqichida hech bo'lmasa bitta o'yinga ega bo'lsa, JCH tarixlarida eng ko'p o'yinni boshqargan hakam bo'ladi. Qolaversa, Ermatov oldida rekord natijani yaqin yillar ichida hech kim yangilay olmaydigan holatga olib kelish imkoniyati bor. Ayni paytda 37 yoshli hakamimiz, Rossiyada bo'lib o'tadigan mundialga ham chaqiruv olishi mumkin, agar o'zining saviyasini bir tekisda ushlab tura olsa.

JCH-2014da ishlayotganlar orasida avvalgi musobaqada faoliyat olib borgan hakamlar:

Ravshan Ermatov, JCH-2010 - 5ta o'yin
Xovard Uebb, JCH-2010 - 4ta o'yin
Yuicha Nishimura, JCH-2010 - 4ta o'yin
Marko Rodriges, JCH-2006, 2010 - 2tadan, jami 4ta o'yin.

Nodirxo'ja Yuldashev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика