So’nggi yangiliklar

14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  2 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  4 13:13"Барселона" ФИФАдан 6,3 млн. евро олади  2 12:23Антонио Кассано: "Мен ҳеч қачон ичмаганман ва чекмаганман. Фақат битта ёмон одатим бўлган: очкўзлик"  5 12:06"Навбаҳор" собиқ устози: "Тухель Саутгейтдан кўра мосроқ"  3 11:29БАА бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши қийин ўйин кутиб турибди"  15 11:07Биласизми? Ўзбекистон - БАА учрашувини Осиё кубоги финалида 3та пенальти белгилаган ҳакам бошқаради  25 10:41Клоппнинг "Ред Булл"даги ойлиги маълум   0 10:17Лионель Месси Ўзбекистон ёшлари билан кўришди. Муҳаммадали Ўринбоев эса "жек"ни урди   7 10:07"Манчестер Сити" Холандга ўринбосар топди  0 09:35"Арсенал" АПЛнинг икки нафар футболчиси учун 80 миллион фунт сарфлашга тайёр  0 09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  4 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  10 07:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги омадсизликлардан сўнг ФИФА рейтингида анча пастга тушиб кетди  16 07:27Про лига. Бугун 20-турнинг қолдирилган баҳси бўлиб ўтади  1

Ravshan Ermatov: "Jahon chempionatida Vatanimiz nomi yangragani va orzuimizning ushalganini o'zi biz uchun katta baxt" Yangiliklar

Ravshan Ermatov: "Jahon chempionatida Vatanimiz nomi yangragani va orzuimizning ushalganini o'zi biz uchun katta baxt"

Xabaringiz bor, bugun FIFA Jahon chempionatida qolgan uchrashuvlarni boshqarish uchun nomzod bo'lgan hakamlar ro'yxatini elon qildi.

Afsuski, bu ro'yxatdan hamyurtimiz, FIFA referisi Ravshan Ermatov va uning guruhi joy olmadi. Malum bo'lishicha, Ravshan Ermatovning yordamchisi Abduhamidullo Rasulovning eski jarohati bezovta qila boshlagan. Natijada, Ermatov guruhi o'yinlarda ishlay olmasligi oydinlashgan. Biz Ravshan Ermatovning o'zi bilan bog'lanib, vaziyatga oydinlik kiritishga harakat qildik.


- Ravshan aka, avvalambor, Sizni Jahon chempionatida uchrashuvlarni boshqarish bo'yicha rekordni yangilab, o'yinlaringiz sonini 11taga etkazib olganingiz bilan barcha vatandoshlar nomidan tabriklaymiz! Ishonchimiz komilki, Sizning rekordingizni hali ko'p yillar hech kim yangilay olmaydi.
- Tabrik uchun katta rahmat, bu erda ham meni FIFA rahbarlari tabriklashdi. Aslida meni ko'proq xursand qiladigan narsa bu shaxsiy rekord emas, balki Jahon chempionatlarida eng ko'p o'yinda ishlagan hakamlar ro'yxatini O'zbekiston nomi boshqarib turishi. Bu holat menga katta faxr bag'ishlaydi!

- Bizga ham, o'zbekistonlik millionlab muxlislarga aynan shu jihat katta faxr tuyg'usini bag'ishlaydi. Aytingchi, umuman JCH sizlar uchun qanday o'tyapti?
- Jahon chempionati yaxshi o'tyapti, mashg'ulotlarda faol qatnashyapmiz. Bizga 2ta qiyin o'tishi kutilgan o'yinni topshirishdi: Argentina – Xorvati va Ispaniya – Marokash. O'yinlar kutilgandek oson bo'lgani yo'q, Xudoga shukur ushbu o'yinlarni qo'pol xatolarsiz, yaxshi o'tkazdik. Inspektorlar o'yindan keyin: "Bunday qiyin o'yinlarda 3-4 ta qizil kartochkalar bo'lib ketadi, deb o'ylagandik, lekin sizlar qizil kartochkalarsiz va jarohatlarsiz adolatli boshqardinglar", - deb ishimizni yaxshi baholashdi.

- Ravshan aka, yordamchingiz Abduhamidullo Rasulovda jiddiy jarohat bor deb eshitdik...
- Ha, afsuski, yordamchimni tizzasidan olgan eski jarohati yana bezovta qilishni boshladi. Ushbu jarohat unga to'liq harakat qilishga va maydonga chiqishga imkoniyat bermadi. Jahon chempionatida vaqt qisqa, to'liq tiklanish esa ko'p vaqtni talab qiladi.

- Abduhamidullo Rasulov tezroq tuzalib maydonga qaytishini Yaratgandan so'rab qolamiz. Jahon chempionatidan o'rin olgan Siz boshqargan barcha o'yinlarni katta hayajon bilan kuzatdik. Nafaqat O'zbekistondagi, balki boshqa davlatlardagi ko'plab muxlislar ham Ravshan Ermatov brigadasi finalni boshqaradi, deb o'ylagandi...
- Xudoga shukur, ishimiz sifati bo'yicha bunday fikrlayotganlarni ko'pini eshitib kelyapmiz, o'zimizga ham aytishyapti. O'zingiz bilasiz, jahon chempionati sport olamidagi eng katta musobaqalardan hisoblanadi va uning ishtirokchisi bo'lishni o'zi millionlab futbol sohasida ishlayotgan insonlarga orzu hisoblanadi, shu qatorda bizga ham. Biz sababchi bo'lib Vatanimiz nomi shu JCHda yangragani va orzuimizni ushalganini o'zi bizga katta baxt!

Bizdan tashqari yurtimizdan Farhod Abdullaev,Olim Arifov va Avazbek Berdiqulov ham ushbu JCHda ajoyib ishtirok etishyapti, endigi yana bir katta orzuimiz O'zbekiston milliy terma jamoasi JCHda ishtirok etishi va Vatanimizni katta futbol davlati deb tan olinishi!

Bizni qo'llab- quvvatlab turgan O'FA rahbariyati va barcha muxlislarimizga o'zimizning samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Reyting: +69   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика