So’nggi yangiliklar

04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  6 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  3 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2

Ravshan Ermatov: Bu O'zbekistonda futbolga qaratilayotgan etibor mahsuli Yangiliklar

Ravshan Ermatov: Bu O'zbekistonda futbolga qaratilayotgan etibor mahsuli

Xabar berganimizdek, o'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov shu yil yozda Braziliyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati final bosqich o'yinlarini boshqarib boradigan baxtli hakamlar qatoridan joy oldi.
Jim Boys boshchiligidagi FIFA hakamlar qo'mitasi tasdiqlagan ro'yxatga ko'ra, mundialda 25ta hakamlar brigadasi ishlaydi. Bundan tashqari, 16ta qo'shimcha hakamlar guruhi ham tasdiqlangan. 2010 yili JARda o'tgan JCHda 5ta o'yinni boshqarib, o'ziga xos rekord qayd etgan Ermatov brigadasi uchun Braziliya-2014 ikkinchi mundial bo'ladi. Bu O'zbekiston sporti, xususan futboli uchun juda katta voqeylik va etirof. Ravshanning brigadasida birgina o'zgarish bo'ladi. JCH-2010ning JAR  Meksika terma jamoalari o'rtasidagi ochilish uchrashuvida o'z qarori bilan qahramonlik ko'rsatgan Rafael Ilyasovning o'rnini Abdulhamidullo Rasulov egallaydi. Rasulov qirg'izistonlik Bahodir Qo'chqorov bilan birga JCH-2014da Ermatovga ko'mak berishadi.

Biz bu xushxabar bilan yurtdoshimizni tabriklash maqsadida qo'ng'iroq qilganimizda, Osiyoning to'rt karra eng yaxshi referisi mashg'ulotda ekan. Ha, bu yog'iga tajribali hakamimiz uchun yanada masuliyatli davr boshlanmoqda. Odatdagidan ikki barobar ishlash kerak bo'ladi.

"Ochig'i, bu xabarni eshitib o'zimda yo'q xursand bo'ldim. Umid, ishonch bor edi. Bizning yutuqlarimiz O'zbekistonda futbolga qaratilayotgan etibor va g'amho'rlik mahsulidir. FIFA rasmiylari, Hakamlar Departamenti mutasaddilari, futbolimiz rahbarlari va albatta yurtdoshlarimizning ishonchini oqlashga astoydil harakat qilaman. Nimaga erishgan bo'lsam, bu xalqimizning duosi bilan amalga oshgan", - deydi SAga bergan intervyusida Ravshan Ermatov. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика