Ravshan Bozorov “NBU-Osiyo” bosh murabbiyi
03 iyu 2014 14:18
Yangiliklar

Ravshan Bozorov “NBU-Osiyo” bosh murabbiyi
Saytimiz orqali avval xabar berganimizdek, Toshkentning “NBU-Osiyo” klubi bosh murabbiyi Jafar Irismetov o'z arizasiga binoan istefoga chiqdi.
Bo'shab qolgan o'ringa nomzod sifatida bir qator nomlar tilga olinayotgandi. Bunga aniqlik kiritish maqsadida klub vice-prezidenti Doniyor Hasanovga murojaat qildik. Rahbariyatning aytishicha, endilikda “bankirlar”ni Bozorov-Xvostunov tandemi boshqarib boradi.
Bungacha “NBU-Osiyo”da futbolchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Aleksandr Xvostunov jamoaning nimalarga qodirligini juda yaxshi biladi. Lekin unda tegishli licenziya yo'q. SHu bois rahbariyat boshqaruv postiga Ravshan Bozorovni olib kelishga qaror qildi.
46 yoshli murabbiy endilikda Xvostunov bilan bamaslahat ish yuritadigan bo'ldi. Bozorov bungacha “Lokomotiv” klubi qoshidagi futbol maktabida ishlab kelayotgandi. Endi murabbiy birinchi ligada ishlaydigan bo'ldi.
Aytish lozimki, Bozorov va Xvostunovdan tashqari
“NBU-Osiyo” murabbiylar shtabida Baxtiyor Qambaraliev, Arslon Tolipov hamda Dilshod Sultonov singari murabbiylar ham faoliyat yuritib kelmoqda.
Malumotlarga ko'ra, Abdumajid Toirov ham jamoada o'ynovchi murabbiy sifatida ishlamoqda.
Eslatib o'tamiz, “NBU-Osiyo” jamoasi 12-turdan keyin turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi.
Ravshan Bozorov haqida qiziqarli faktlar
Ismi familiyasi Ravshan Bozorov
Tug'ilgan yili 10 may 1968 yil
Tug'ilgan joyi Termiz,
Bo'yi 1.76 sm
Ampluasi Hujumchi
Murabbiy
Futbolchilik faoliyati
O'ynagan yillari Jamoa O'yin Gol
1986-1989 “Surxon” (Termiz) 67 (20)
1990-1991 “Pomir” (Dushanbe) 41 (4)
1991 “Neftchi” (Farg'ona) 12 (1)
1992-1994 “Neftchi” (Farg'ona) 56 (18)
1995-1996 “Paxtakor” (Toshkent) 53 (29)
1997 “Neftchi” (Farg'ona) 25 (19)
1998-2002 “Dinamo” Samarqand 62 (34)
2002 “Mashal” (Muborak) 13 (9)
2003 “Lokomotiv” (Toshkent) ?? (??)
2004-2005 “To'palang” (Sarosiyo) 24 (53)
2006-2007 “Lokomotiv” (Toshkent) 24 (9)
Milliy terma jamoada
1992-1997 O'zbekiston MTJ 26 (5)
Islombek Rustambekov.

Fikrlar