So’nggi yangiliklar

21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 21:00Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  7 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  36 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  11 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  6 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  3 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  13

Rauf Inileev: "Obod" 3 oydan buyon maosh olmadi, safardagi o'yinlarga o'z yonimizdan borib keldik" Yangiliklar

Rauf Inileev: "Obod" 3 oydan buyon maosh olmadi, safardagi o'yinlarga o'z yonimizdan borib keldik"

Teglar :  Rauf InileevObod
"Obod" - "Paxtakor" (1:4) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Rauf Inileev qatnashdi.
"Paxtakor"ni g'alaba bilan, yangi rahbariyat bilan tabriklayman. Futbolchilarning kayfiyatlari juda yaxshi ekanligi bilinib turdi.

"Obod" 3 oydan buyon jamoa professional emas havaskor tarzda faoliyat olib bormoqda. Buni tan olish va aytish juda qiyin, ammo uch oydan buyon maoshlar yo'q, buning ustiga safarga o'z yonimizdan pul sarflab borib kelayotgandik. Moliyaviy qiyinchiliklar tufayli safardagi o'yinlarga 12-13 nafar futbolchi olib borayotgandik... SHu bois ruhiy jihatdan o'yinlarga juda ham og'ir tayyorlanardik.

Menga aytishlaricha bugun jarima maydoni ichida raqibni qo'li bilan ushlagani uchun penalti belgilanibdi...Ammo zamonaviy futbolda bunday vaziyatlarda penalti qo'yilmaydi. Hakamlikda kichik xatolar bo'lmasligini juda ham xohlardim.

Bosh homiyning ishlarida muammo chiqqani tufayli bizni moliyalashtirishni to'xtatishi haqida malum qildi. Oldinda birinchi davraning yana 2 oyi bor edi. Ikkinchi davrada "Obod" chempionatda o'ynamaydimi? Buni biz emas O'FF yoki PFL hal qiladi. Biz ularni ogohlantirib qo'ydik. Birinchi davra oxirigacha o'ynashga so'z bergandik. Boshqa homiylar paydo bo'lishiga umid qilgandik, ammo...

Samvel Babayanning "Obod" boshqaruvini olishi haqida gap so'zlarni eshitdim. SHunday muzokaralar ham bo'ldi. Ammo men bilan emas rahbariyat bilan muzokara o'tkazilgan, shu bois nima bo'lganini aniq bilmayman.
Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика