So’nggi yangiliklar

23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  4 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  362 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  3 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  1 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  0 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  5 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  2 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  2 17:32Мбаппе Франция терма жамоаси ихтиёрини тарк этди  0

Rasmiy xabar: Dostonbek Tursunov Rimdagi “Villa Styuart" klinikasida jarrohlik amaliyotini o'taydi Yangiliklar

Rasmiy xabar: Dostonbek Tursunov Rimdagi “Villa Styuart" klinikasida jarrohlik amaliyotini o'taydi

Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasining Gruziyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlik jarayonida markaziy himoyachi Dostonbek Tursunov jarohatini qaytalab olgan edi.

"Tekshiruvlar natijasida ushbu jarohat jarrohlik amaliyoti talab etilishi malum bo'ldi.

O'FA tomonidan futbolchimizning tezroq sog'ayib, safga qo'shilishi uchun barcha say-harakatlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Dostonbek Tursunovni davolashga Italiyaning mashhur jarrohlaridan biri Paolo Mariani jalb etildi.

Futbolchimiz 22 noyabr kuni Italiya poytaxti Rimga, “Villa Styuart” klinikasiga yo'l oladi va u erda professor Mariani tomonidan operaciya qilinadi", – deyiladi O'FA matbuot xizmati bergan rasmiy xabarda.

Oldinroq himoyachi 18 noyabr kuni Italiyaga uchib ketishi va Italiya poytaxtidagi "Villa Styuart" klinikasida operaciya qilinishi haqida saytimizda xabar berilgan edi.

Eslatib o'tamiz, oktyabr oyida aynan shu shifoxonada terma jamoamizning boshqa bir vakili Farruh Ikromov ham operaciyani boshdan o'tkazgan bo'lsa, Eldor SHomurodov "Jenoa"dan "Roma"ga o'tganida aynan "Villa Styuart"da tibbiy ko'rikdan o'tgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика