So’nggi yangiliklar

00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  1 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  0 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  0 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  2 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  0 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  15 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  0 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  4 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  7 17:24"Арсенал"га қарши баҳсдан сўнг Эмери нега Артетанинг қўлини сиқиб қўймади?  7

Rasman: Yangi mavsum Pro ligada nechta jamoa kurash olib borishi malum Yangiliklar

Rasman: Yangi mavsum Pro ligada nechta jamoa kurash olib borishi malum

Teglar :  Pro liga
Avvalroq saytimiz bu haqda malum malumotlarni taqdim etgandi.

Bir necha daqiqa avval faoliyatini Pro ligada davom ettira olmaydigan jamoalar nomiga oydinlik kiritildi. SHu tariqa licenziyalash talabini bajarishi mumkin bo'lgan Pro liga klublari 6 tani tashkil etishi malum bo'ldi: Buxoro, Qo'qon-1912, Mashal, SHo'rtan, Xorazm va Aral. 

Associaciya va Liga o'zaro kelishgan holda mazkur 6 jamoa qatoriga yana ikki jamoani shartli ravishda kiritdi: Olimpik Mobiuz hamda Do'stlik Toshkent. 2028-yil Los Anjelesda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish maqsadida tashkil etilgan Olimpik farm bundan buyon Mobiuz homiyligi hamda Associaciya kafolati ostida faoliyat olib boradi. Do'stlik Toshkent esa so'nggi ikki mavsumni Birinchi ligada o'tkazgan bo'lib, bir yil avval Birinchi liga klublari orasidan birinchilardan bo'lib OFK licenziyalash jarayonida ishtirok etgandi.

“Birinchi liga reglamenti”ning 9.3-bandiga ko'ra, yakuniga etgan mavsum natijasiga ko'ra yuqori toifadagi Ligada qatnashish huquqini qo'lga kiritgan futbol jamoasida reglament yoki meyoriy hujjatlar bilan bog'liq cheklov yuzaga kelsa (Yangier quruvchi), uning o'rni licenziyalashning minimal talabiga javob bera oladigan boshqa jamoa bilan to'ldirilishi belgilangan. SHundan kelib chiqib, Associaciya va Liga joriy mavsum Do'stlik Toshkent klubini Pro liga uchun shartli ravishda ro'yxatdan o'tkazishni lozim deb topdi. Mavsum yakuniga ko'ra jamoa u yoki bu talabni belgilangan ko'rinishda amalga oshira olmasa, 2024-yilni qaysi o'rindan yakunlashidan qatiy nazar Birinchi ligaga tushiriladi. 

Pro liga ishtirokchilari bilan kelishgan holda Liga musobaqani to'rt davra hamda 28 turdan iborat formatda o'tkazishga qaror qildi. Bunda jamoalar mavsum davomida o'zaro to'rt martadan to'qnash keladi. SHu tariqa har bir jamoa mavsum davomida 28 ta uchrashuvda ishtirok etadi. Pro liga klublari O'zbekiston kubogi doirasida minimum 3 tadan uchrashuvda ishtirok etadi.

Avvalroq ligada aynan shuncha jamoa qatnashishi to'g'risida xabar bergandik.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика