Rasman: Van de Bek - "Jirona" futbolchisi!
11 iyu 2024 21:08
Yangiliklar
Rasman: Van de Bek - "Jirona" futbolchisi!
Donni van de Bek "Manchester Yunayted"ni tark etib, "Jirona"ga o'tdi.
27 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Transfer summasi 500 ming evro bo'lishi haqida avvalroq xabar qilingandi. Fabricio Romano bonuslar tufayli bu summa 4-5 million evroga etishi mumkinligini yozgan.
Eslatib o'tamiz, niderlandiyalik yarim himoyachi 2020 yil "Ayaks"dan 39 million evro evaziga "Manchester Yunayted"ga o'tgandi. Futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida Frankfurtning "Ayntraxt" klubida o'tkazib, Bundesliganing 8 ta uchrashuvida qatnashdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar