Rasman: "Surxon" U-17 JCH ishtirokchisi bilan shartnoma tuzdi
19 jan 15:52
Yangiliklar
Rasman: "Surxon" U-17 JCH ishtirokchisi bilan shartnoma tuzdi
Termizliklar chap qanot himoyachisi Muhammadali Musaxonovni tarkibga qo'shib oldi.
"Jamoamiz safiga yosh va istedodli futbolchi Muhammadali Musaxonov qo'shildi. Musaxonov 17 yoshda bo'lib, himoya chizig'i futbolchisi hisoblanadi. Noyabr oyida bo'lib o'tgan U-17 Jahon chempionatida Musaxonov O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi safida 3 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirgandi. Umuman olganda, Musaxonov U-17, U-18 va U-19 terma jamoalarida jami 40 ta uchrashuv o'tkazgan.
Jamoamiz yosh va istedodli futbolchilarga katta etibor qaratgani sababli, klub rahbariyati Odil Ahmedov akademiyasidan futbolchini to'liq sotib olish va u bilan to'laqonli transferni amalga oshirishga qaror qildi. 17 yoshli Musaxonov bilan 3 yil muddatga shartnoma imzolandi", – deyiladi xabarda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar
Ёшларни катта футбол йўлига солувчи “Сурхон”га марҳамат!