Rasman: Sahob Rashidov "So'g'diyona"ga qaytdi!
16 jan 18:58
Yangiliklar
Rasman: Sahob Rashidov "So'g'diyona"ga qaytdi!
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "So'g'diyona" tarkibini kuchaytirish ishlarini ham davom ettirmoqda.
Avvalroq biz futbolchi jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etayotgani haqida xabar bergandik.
"Jizzaxlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan hujumchi Sahob Rashidov bilan bir yillik shartnoma imzolandi.
Malumot uchun o'tgan mavsumda birinchi ligada 14 uchrashuvda 16ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Rashidov avvalgi faoliyati davomida "So'g'diyona", "Xorazm", "Dinamo" va "Jizzax" klublarida muvaffaqiyatli o'yinlar namoyish etgan.
Jamoamizga qaytgan ushbu tajribali futbolchi bilan yangi mavsumda yorqin o'yinlar kutib qolamiz va unga muvaffaqiyatlar tilaymiz!", - deyiladi klub xabarida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar