Rasman: "Real" Anchelotti ketayotganini elon qildi
23 may 14:29
Yangiliklar
Rasman: "Real" Anchelotti ketayotganini elon qildi
Madridning "Real" klubi italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti jamoa bosh murabbiyligidan ketayotgani haqida xabar berdi.
Tomonlar o'zaro kelishuv asosida hamkorlikni to'xtatishga qaror qilishdi.
"Real" klubi va jahon futboli afsonalaridan biriga o'z minnatdorchiligini bildiradi. Anchelotti 6 yil ichida jamoani 15 ta titul sari etakladi. Biz unga hayotining yangi bosqichida omad tilaymiz”, – deyiladi "qirollik klubi" bayonotida.
Oldinroq "qaymoqranglilar"ning yangi bosh murabbiyi ispaniyalik Xabi Alonso bo'lishi malum bo'lgandi.
"Real" 2024/2025 yilgi mavsum Ispaniya chempionatida 2-o'rinni egalladi. Chempionlar Ligasida jamoa chorak finalda Londonning "Arsenal" jamoasiga mag'lub bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar