So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Rasman: "Qizilqum" SHoahmedov, Ilyosov va Orifxo'ja Abduholiqov bilan shartnoma tuzdi Yangiliklar

Rasman: "Qizilqum" SHoahmedov, Ilyosov va Orifxo'ja Abduholiqov bilan shartnoma tuzdi

Navoiyning "Qizilqum" klubi yana uch nafar futbolchi bilan shartnoma tuzganini rasman elon qildi.



Orifxo'ja Abduholiqov - “Qizilqum” jamoasi futbolchisi

Toshkentning “Oqtepa” jamoasida tanilgan, “Zomin” va Yaypanning “Turon” jamoalarida ham o'z o'yinlarini o'tkazgan, Pro ligada bir necha bor to'purar bo'lgan Orifxo'ja Abduholiqov yangi mavsumni “Qizilqum” jamoasi safida boshlaydi.

Orifxo'ja Abduholiqov haqida qisqacha malumot:

Ismi sharifi: Orifxo'ja Abduxoliqov
Tug'ilgan joyi: Toshkent
Tug'ilgan sana: 21.02.1995
Millati: o'zbek
Amplua: hujumchi
Orifxo'ja Abduholiqov to'p tepgan jamoalar: "Oq-tepa", "Nurafshon", "Zomin", "Turon".




Javohir Ilyosov - “Qizilqum” jamoasi futbolchisi


“Mashal” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan, O'zbekiston terma jamoasiga doimiy nomzod, faoliyati davomida Muborakning “Mashal”, Bekobodning “Metallurg”, Toshkentning “Lokomotiv” jamoalarida o'zining mahoratini ko'rsata olgan, mahoratli darvozabon Javohir Ilyosov boshlanadigan mavsumni “Qizilqum” jamoasi safida boshlaydi.

Javohir Ilyosov haqida qisqacha malumot:

Ismi sharifi: Javohir Ilyosov
Tug'ilgan joyi: CHiroqchi, Qashqadaryo
Tug'ilgan sana: 06.02.1994
Millati: o'zbek
Amplua: darvozabon
Javohir Ilyosov to'p tepgan jamoalar: “Mashal”, “Metallurg”, “Lokomotiv”.




Sanjar SHoahmedov - “Qizilqum” jamoasi futbolchisi


O'zbekistonning 3 karra chempioni, faoliyati davomida Tailandning “Trenganu” va Qatarning “Al Sayliya” jamoalarida to'p surgan hamda jamoalarning asosiy futbochisiga aylana olgan, tajribali yarimhimoyachi Sanjar SHoahmedov yangi mavsumni “Qizilqum” jamoasida boshlaydi.

Sanjar SHoahmedov haqida qisqacha malumot:

Ismi sharifi: Sanjar SHoahmedov
Tug'ilgan joyi: Toshkent
Tug'ilgan sana: 23.09.1990
Millati: o'zbek
Amplua: yarim himoyachi
Sanjar SHoahmedov to'p tepgan jamoalar: AGMK, “Lokomotiv”, “Al Sayliya” (Qatar), “Trengganu” (Malayziya).



Eslatib o'tamiz, "Qizilqum" bungacha Temurxo'ja Abduholiqov, Aleksandar Stanislavlevich, Boburbek Yo'ldoshev va SHuhrat Muhammadiev bilan ham shartnoma tuzgandi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика