Rasman: "Paxtakor" hujumchisi "Metallurg" klubiga ijaraga berildi
13 iyu 2024 00:10
Yangiliklar
Rasman: "Paxtakor" hujumchisi "Metallurg" klubiga ijaraga berildi
"Yozgi transfer oynasidan unumli foydalanish hamda hujum chizig'ida raqobatni kuchaytirish maqsadida "Metallurg" PFK o'z tarkibiga “Paxtakor” futbol klubi tarbiyalanuvchisi Abbos Ergashboevni qo'shib oldi.
Abbos Ergashboev umidli yosh hujumchilardan sanaladi. Ikki yildan buyon “Paxtakor”ning asosiy tarkib o'yinchilari bilan shug'ullanib keldi. 2024 yilgi mavsumda Superliganing 10 ta uchrashuvi qaydnomasiga kiritildi va “Andijon”ga qarshi o'yinda zahiradan maydonga tushirildi.
Abbos Ergashboev “Paxtakor” yoshlar tarkibida O'zbekiston chempionatlari sovrindori bo'lgan. “Metallurg” mazkur futbolchini “Paxtakor”dan ijara asosida o'z tarkibiga qabul qildi" -deyiladi "Metallurg" klubi bergan xabarda.
Abbos Ergashboev – 21 yoshda, 2003 yilning 28 mart sanasida tug'ilgan.
Tug'ilgan joyi – Sirdaryo viloyati
Bo'yi – 172 sm
Vazni – 68 kg
Ampluasi – hujumchi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar