So’nggi yangiliklar

10:05Дамир Темиров "Андижон" мухлисларига илтимос билан чиқди  0 09:33"Барселона" ва Марк-Андре тер Стеген ўзаро келишувга эришди  2 09:06Носир Абдусаломов: "Чемпионлик? Бу ҳақида ўйлашга эрта"  0 08:05Пўлатхўжа Холдорхонов: "Икки очко йўқотдик, ғалаба қозонишимиз керак эди"  2 07:53CAFA "Пахтакор" стадионида бўлиб ўтиши мумкинми?  10 07:12Ўртоқлик ўйинлари: "Челси" ва "Интер" ғалаба қозонди, "Ньюкасл" эса дуранг қайд этди   3 06:55Суперлига. "Хоразм" ва "Бунёдкор" ўз рақибларини мағлуб эта олмади. "Қизилқум" эса "Бухоро"га қарши ўйинда ғалаба қозонди  0 06:48Рустам Турдимуродов: "Менга берилган имкониятдан фойдаландим"  0 01:41Илёс Зейтуллаев: "Женнифер Лопес ва шунча одамни майдондан ҳайдай олмайман-ку"  10 01:11Элдор Мойлиев: "Биз ҳам "Бунёдкор" ҳам ғалаба қозониб кетиши мумкин эди"  0 00:51Энди Жексон "Челси"га керак эмас  7 00:28Акмал Рустамов: "Ўйлайманки, биз ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз"  0 00:16"Манчестер Юнайтед" клуби қайта тамирланган Каррингтон базасини намойиш этди  0 23:57Улуғбек Бакаев: "Агар дуранг бўлганида адолатли бўларди"  8 23:31"Пахтакор"ни чемпионлик курашидан чиқаришга ҳали эрта" — Азамат Абдураимов билан иккинчи давра старти таҳлили   5

Rasman: O'zbekiston – Qirg'iziston uchrashuvi yopiq tarzda o'tkaziladi, o'yin translyaciya qilinmaydi Yangiliklar

Rasman: O'zbekiston – Qirg'iziston uchrashuvi yopiq tarzda o'tkaziladi, o'yin translyaciya qilinmaydi

O'zbekiston Futbol Federaciyasining qaroriga ko'ra, 25 avgust kuniga belgilangan O'zbekiston va Qirg'iziston terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yopiq tarzda o'tkaziladi.

Ushbu o'yinni tashkil etish bo'yicha o'tkazilgan muzokaralar davomida O'zbekiston va Qirg'iziston terma jamoalari o'yinchini almashtirish imkoniyatidan cheklanmagan miqdorda foydalanishga o'zaro kelishib olganligi munosabati bilan o'yin xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi maqomiga ega bo'lmaydi.

“Futbol qoidalari”ning maydondagi o'yinchilarning soni haqidagi 3-bandiga ko'ra, milliy terma jamoalarning xalqaro o'yinlarida ko'pi bilan bir jamoadan 6 futbolchining almashtirilishiga ruxsat beriladi. 6 futbolchidan ko'p o'yinchi almashtirilgan o'yinga “nazorat uchrashuvi” maqomi beriladi va u FIFAning xalqaro taqvimida ro'yxatga qo'yilmaydi. SHu sababli, O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasidagi o'yin nazorat o'yini sifatida darajalanadi va FIFA reytingini hisoblashda inobatga olinmaydi.

FIFAning 2017 yil 26 iyulida tashkilotga azo federaciyalarga yuborgan 1593-raqamli cirkulyarga ko'ra, bunday nazorat uchrashuvilarining targ'iboti, o'yinga chipta sotish, o'yinni translyaciya qilishga ruxsat berilmasligi munosabati bilan O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasidagi nazorat o'yini translyaciya qilinmaydi.

O'zbekiston - Qirg'iziston uchrashuvi “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi.

Reyting: -167   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика