So’nggi yangiliklar

03:03АПЛ. Бруну Фернандешнинг дубли ва МЮдан йирик ғалаба!  1 02:53"Торино" – "Милан". Пулишичнинг бенефиси ва "россонери"дан супер камбэк!  1 02:35"Реал"да Алонсо сўнгги ҳафталарда футболчиларга нисбатан "жуда юмшоқ" муносабатда бўлди деб ҳисоблашмоқда  0 02:00Слот Салоҳнинг сўзлари ҳақида: "Одатда мен босиқ ва хушмуомаламан, аммо бу кучсиз эканлигимни англатмайди"  1 01:28Алиссон Салоҳ ҳақида: "Мо – "Ливерпуль" афсонаси ва ажойиб йигит. Биз жамоа билан ушбу қийин вазиятни енгишга ҳаракат қиляпмиз"  1 00:54МЮ Англия кубоги 3-босқичида "Брайтон"га қарши ўйнайди, "Тоттенхэм" – "Астон Вилла", "Челси" – "Чарльтон", "Арсенал" – "Портсмут", "Ливерпуль" эса "Барнсли" билан тўқнаш келади  0 00:30Слот Салоҳнинг сўзлари ҳақида: "Бу мен учун кутилмаган ҳолат бўлди"  6 00:13АПЛ. "Вулверхэмптон" – "Манчестер Юнайтед". Асосий таркиблар маълум!  8 23:37"Ливерпуль" Салоҳнинг "Интер" билан ўйин таркибидан четлатилишини жазо деб баҳоламаяпти, бошқа интизомий чоралар ҳам кўрилмайди  3 23:00"Ливерпуль" Салоҳ билан боғлиқ вазиятни ўнглаш мумкин деб ҳисобламоқда  4 22:37ЖЧ-2026 ўйинларида об-ҳаводан қатъи назар, ҳар бир таймда уч дақиқалик сув ичиш учун танаффуслар бўлади  3 22:13Флик "Реал" ва "Сельта" ўйинини томоша қилмади: "Мен ухлаётгандим. "Барса" бор эътиборини ўзига қаратган ва "Мадрид" ҳақида гапиришни истамайди"  3 21:36"Маҳалланинг ўзида ўсган бола ҳам катта футбол саҳнасига чиқиши мумкин" — TBC Bank ва Элдор Шомуродов янги ҳамкорликни йўлга қўйди  6 21:30"Манчестер Сити"га қарши баҳсдан олдин Мбаппе чап қўлидаги бармоғини синдириб олди, аммо...  1 21:20Милитао узоқ муддатга сафдан чиқди  2

Akmal Rustamov: "O'ylaymanki, biz o'yindan o'yinga kuchayib boramiz" Yangiliklar

Akmal Rustamov: "O'ylaymanki, biz o'yindan o'yinga kuchayib boramiz"

Superliga 17-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Buxoro" (1:0) uchrashuvidan so'ng "Qizilqum" bosh murabbiyi Akmal Rustamov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Dastlab o'yin haqida fikringiz?

- Avvalo butun Navoiy xalqini va muxlislarimizni ushbu g'alaba bilan tabriklayman. O'tgan tur "Surxon" bilan bo'lgan qiyin uchrashuvdan so'ng tezda tiklanib bu bahsga etiborimizni qaratdik. Yigitlarga rahmat, hamma bor kuchi bilan o'ynab g'alaba qozondik. "Buxoro"ni o'rganib chiqqandik, raqibning uzun uzatmalar bilan o'ynashiga tayyor edik.

-  Oxirgi ikki turdan beri Shahzod Rahmatullaev barvaqt zaxiraga olinayotgandek.

- Bu taktika bilan bog'liq. Hozirgi futbolda ayniqsa markaziy yarim himoyachilar katta hajmdagi ishni bajaradi. Bu toifadagi futbolchilar 60-70 daqiqa o'ynab, toliqib qolishadi. Bir oylik tanaffusda biz ko'proq o'rtani kuchaytirishga harakat qildik. Shu bois ham Shahzod charchab qolgani uchun birmuncha erta zaxiraga olyapmiz.

- Uyda himoyaviy o'yin ko'ryapmiz. Bu g'alati emasmi?

- Uchrashuvni muxlis sifatida tomosha qilganlar shunday o'ylashi mumkin. Lekin biz bir to'xtamga kelish uchun malum taktika ustida ish olib boramiz. Qaysi tomonimiz kuchli bo'lsa, shundan foydalanishga harakat qilamiz. Hozir Evropada ham top klublar raqibni ikkinchi hududda kutib qarshi hujum bo'yicha o'ynayapti. Birinchi taymda 7-8ta imkoniyatga ega bo'lib bitta gol urdik. To'g'ri, ikkinchi bo'limda vaziyat kam bo'lgandir, lekin hisobni saqlab qolish uchun o'ynamasak bo'lmasdi.

- O'yinning oxirgi daqiqalarida zaxiradan futbolchi maydonga tushishga tayyor turibdi, lekin futbolchilar to'pni maydon tashqarisiga tepib yubormasdan hujumga o'tishyapti. Zaxiradan tushishi kerak bo'lgan o'yinchi esa qarab qolyapti. Undan ko'ra to'pni tepib yuborib o'sha futbolchining maydonga tushishiga imkon bergan yaxshimasmi?

- Jamoa hujumga o'tganda hammaning o'y-xayoli gol urishda bo'ladi. Bu o'rinda hech kim to'pni shunchaki tepib yubormaydi. Buni to'g'ri qabul qilish kerak, balki o'sha vaziyat gol bilan yakunlanib qolsa-chi.

- Bugun jamoangiz 4-3-2-1 sxemasida o'ynadi. Hammasi yaxshi ko'rindi, faqat oxirgi pasni berishda kamchiliklar kuzatilyapti. Bu nima bilan bog'liq? 

- Bu savolni ko'p muxlislar bermoqda. Jamoamizda uch nafar yangi futbolchi bor va bugun ularning uchalasi ham asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bular - Islom Kenjaboev, Shohro'z Norxonov va Asror G'ofurov. O'ylaymanki, biz o'yindan o'yinga kuchayib boramiz. Yangi futbolchilar jamoaga to'liq kirishib ketganidan keyin hammasi yaxshi bo'ladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика