So’nggi yangiliklar

21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  1 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  13 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  6 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  14 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  7 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  2 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  5 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  1

Rasman: O'zbekiston Kubogi–2017 finali qishda bo'ladi va uni xorijlik hakamlar boshqarishadi Yangiliklar

Rasman: O'zbekiston Kubogi–2017 finali qishda bo'ladi va uni xorijlik hakamlar boshqarishadi

O'zbekiston Kubogining final o'yini 4 dekabr, dushanba kuni Toshkentdagi Bunyodkor stadionida bo'lib o'tadi.

 “Lokomotiv” va “Bunyodkor” maydonga tushadigan uchrashuv soat 15:00da boshlanadi.

O'zbekiston Futbol Federaciyasi Professional Futbol Ligasi bilan hamkorlikda kubok finalini bayramona tarzda o'tkazish maqsadida o'yindan oldin musiqiy shou-dastur o'tkazishni rejalashtiryapti.

Lokomotiv va Bunyodkor jamoalari o'rtasidagi finalni Birlashgan Arab Amirliklari vakillari bo'lgan hakamlar guruhi boshqaradi. Mazkur o'yinda Muhammad Abdulla Hasan bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga qanotlarda Muhammad Hasan Abdulla al-Mahri hamda Muhammad Ahmad Yusuf Abdulla al-Hammadi yordam beradi. To'rtinchi referi vazifasi Ammar Ali Abdulla al-Junaybiyga yuklatildi.

SHu o'rinda qayd etish kerakki, BAAlik hakamlarning Kubok finalini boshqarishi O'zbekiston Futbol Federaciyasi va BAA Futbol Uyushmasi o'rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirilmoqda.

Final bellashuvi mezbonini aniqlash uchun tashlangan qurada Bunyodkor nominal mezbon maqomiga ega bo'ldi. Malumot uchun, final o'yinida Bunyodkor futbolchilari qizg'ish-oq rangli futbolkalarda maydonga tushadi. O'zbekiston Kubogining amaldagi sohibi – Lokomotiv azolari esa oq-yashil formada o'ynaydi.


Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика