So’nggi yangiliklar

08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  0 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  7 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  11

Rasman: OKMK yana bir yaponiyalik legioner bilan shartnoma imzoladi Yangiliklar

Rasman: OKMK yana bir yaponiyalik legioner bilan shartnoma imzoladi

Teglar :  OKMKNaoaki Senaga
Olmaliqning OKMK klubi yaponiyalik yarim himoyachi Naoaki Senaga bilan shartnoma imzoladi.

"Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan OKMK FK selekciya ishlarini jadallik bilan davom ettirmoqda. Jamoa qishki transferlar oynasida osiyolik hujumkor yarim himoyachi — Naoaki Senagani o'z tarkibiga qo'shib oldi. 26 yoshli yapon futbolchisi markaziy chiziqlarda har bir poziciyada o'zini mukammal namoyon qila olish qobiliyatiga ega.

177 sm bo'yga ega bo'lgan Senaga, faoliyati davomida Yaponiya, CHernogoriya va Vengriya chempionatlarida o'zining yuqori darajadagi o'yinlari bilan tanilgan. Uning so'nggi jamoasi "Debresen FK" klubi bo'lib, o'tgan mavsumda 34 ta o'yinda maydonga tushgan. SHu davr mobaynida, yani, Evropadagi faoliyatida u 9 ta gol urib, 3 bor golli uzatmalarni amalga oshirgan. Endilikda, OKMK FK va futbolchi o'rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi.

OKMK FK rahbariyati, yangi futbolchimizning jamoaga qo'shadigan salohiyati va yuqori darajadagi professional mahorati orqali klubimizning g'alabalari va muvaffaqiyatlarini yanada mustahkamlashga, shuningdek, uning kelajakdagi o'yinlarda jamoa o'yiniga qo'shadigan hissasi klub muvaffaqiyatlarini yanada yuksaltirishiga ishonch bildiradi.

OKMK FK ahil oilasiga xush kelibsan, Naoaki Senaga!

OKMK FS の温かい家族へ、瀬名賀なおあきさん、ようこそ!", — deyiladi klub xabarida.


Eslatib o'tamiz, Toshkent viloyati jamoasi tarkibida bunga qadar yaponiyalik Arihiro Sentoku tep tepayotgandi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика