So’nggi yangiliklar

14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  2 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  1 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  1 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  5 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  5 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  20 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  4 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  5 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  3 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  27

Rasman: OFK "Nasaf"ni jazoladi Yangiliklar

Rasman: OFK "Nasaf"ni jazoladi

Teglar :  NasafOFK"Li Man"
Championat.asia'ning "Eshitdik-da!" rukni 18 yanvar kuni Osiyo futbol konfederaciyasi Qarshining "Nasaf" klubini jarimaga tortishi mumkinligi to'g'risida malumot bergan edi.

Bunga jamoaning OFK kubogi 2021 yilgi mavsumi doirasidagi Gonkongninng "Li Man" klubi bilan uchrashuvda xavfsizlik va karantin qoidalariga rioya etmagani asos bo'lgan. 

Nihoyat, bu masala bo'yicha tashkilot Tartib-intizom qo'mitasining qarorlari elon qilindi. Unda takidlanishicha, "Nasaf" va "Li Man" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda quyidagi qoidabuzarliklar qayd etilgan:

1) 320 nafar muxlis futbolchilar zaxirasi uchun mo'ljallangan joyga o'tirgan;

2) 2 nafar muxlis hakamning yakuniy hushtagi chalinganidan keyin maydonga tushib ketgan;

3) klub xavfsizlik bo'yicha o'z zimmasidagi vazifalarni taminlay olmagan;

4) maydon atrofida akkreditaciyasi yo'q shaxslar yurgan;

5) tomoshabinlar stadionda tamaki chekkan. 

OFKning Tartib-intizom qo'mitasi yuqoridagi holatlarni o'rganib chiqib, qaror chiqardi:

1) "Nasaf" tartib-intizom kodeksining 22.2 bandini buzgani uchun 28 ming AQSH dollari miqdorida jarima to'laydi;

2) Tartib-intizom kodeksining 34.1 va 34.3 bandlarini buzgani uchun shartli ravishda (!) 21 ming AQSH dollari miqdorida jarima. Bu band agar yaqin 2 yil ichida shu holat yana takrorlansagina faollashadi;

3) Tartib-intizom kodeksining 1-paragrafi bo'yicha 90 kun ichida 7 ming AQSH dollari to'lash majburiyati.

SHuningdek, shunday holat yana qaytarilsa, bundan ham qattiqroq chora ko'rilishi takidlangan. 

Eshitdik-da! “Nasaf” yana jarimaga tortildi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика