So’nggi yangiliklar

15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  0 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  3 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  2 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  1 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  5 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  6 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  21 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  5 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  5 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  3

Rasman: "Nasaf" Ro'ziqul Berdiev bilan shartnomani ikki yilga uzaytirdi Yangiliklar

Rasman: "Nasaf" Ro'ziqul Berdiev bilan shartnomani ikki yilga uzaytirdi

O'zingizga malum,“Nasaf” so'nggi o'n yillikda Ro'ziqul Berdiev bilan ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdi.

Ro'ziqul Sadullaevich ham “Nasaf”dagi faoliyati davomida “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar ustozi” davlat mukofoti bilan taqdirlandi, O'zbekistonning 5 karra eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

“Nasaf” Ro'ziqul Berdiev murabbiyligi davrida O'zbekiston chempionatining to'rt marta brozna medallarini, ikki marta kumush medallarini, ikki marta O'zbekiston Kubogini va bir marta O'zbekiston Superkubogini qo'lga kiritdi. 2021 yilgi futbol mavsumida asosan “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchilaridan tarkib topgan jamoa bilan OFK Kubogi finaligacha etib bordi.

Yangi mavsumda o'z oldiga jiddiy maqsadlarni, xususan O'zbekiston Superkubogi, O'zbekiston chempionligini, O'zbekiston kubogini qo'lga kiritish hamda xalqaro maydonlarda vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga bor etiborini qaratayotgan “Nasaf” futbol klubi rahbariyati Ro'ziqul Berdiev bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Ro'ziqul Berdiev 2023 yilning so'ngiga qadar jamoa bosh murabbiyi lavozimida faoliyat olib boradi.

Umid qilamizki, Ro'ziqul Berdiev bilan “Nasaf” yanada yuqori cho'qqilarni zabt etadi", - deb yozadi “Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati.



Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика