Rasman: Lempard "Everton" bosh murabbiyi etib tayinlandi
31 jan 2022 19:06
Yangiliklar
Rasman: Lempard "Everton" bosh murabbiyi etib tayinlandi
Angliyaning "Everton" klubi Frenk Lempardni bosh murabbiy etib tayinlaganini elon qildi.
43 yoshli mutaxassis 2024 yilning iyunigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Lempard 2021 yilning yanvarida "CHelsi"dan ishdan bo'shatilganidan beri bir yildan ko'proq vaqt davomida ishsiz edi.
U avvalroq "Kristal Pelas", "Aston Villa" va "Norvich" klublari bilan muzokaralar olib borgan, biroq turli sabablarga ko'ra, ushbu klublarning birortasiga murabbiy sifatida tayinlanmagandi.
"Everton" 20-turdan keyin 19 ochko bilan APL turnir jadvalida 16-o'rinda bormoqda. Klub 16 yanvar kuni Rafael Benitesni istefoga chiqargandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar